Son Jon-guk () (1979-yil 20-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi janubiy koreyalik futbolchi . 2002 va 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi.

Futbolchilik faoliyati

Ilk faoliyat yillari 2000-yil iyun oyida Son Xu Jung-mu qoʻl ostida Makedoniyaga qarshi xalqaro oʻyinda maydonga tushgan. 2001-yilda Son Yonsei universitetini tamomlagandan soʻng K League klubi Pusan I’Consda professional faoliyatini boshlagan. U oʻzining birinchi mavsumidayoq K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Janubiy Koreya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Gus Xiddink uni jahon chempionati terma jamoasi aʼzosi sifatida tanlagan.

Janubiy Koreya 2002-yilgi Jahon chempionatini toʻrtinchi oʻrinda tugatgan boʻlsa, Son Janubiy Koreya jamoasining 7 oʻyinda hammasi boʻlib 687 daqiqa oʻynagan yagona oʻyinchi boʻlgan.

Feyenoord 2002-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, „Tottenxem“ va "Arsenal" Sonni olish uchun Busan I’Consga murojaat qilgan, ammo Pusan uni saqlab qolish uchun shartnomalarni ataylab kechiktirgan. U Premer-liga klublari bilan kelishuvlari buzilganidan soʻng, shartnomalarini bekor qilib, Yevropa klubiga oʻtish niyatini qatʼiy bildirgan. Oxir-oqibat u Eredivisie klubi Feyenoordga qoʻshilgan. U Bert van Marveyk qoʻl ostida ikki mavsumda „Feyenoord“ safida 56 ta oʻyinda maydonga tushgan. Ammo toʻpigʻidagi jarohatlar tufayli uning jismoniy holati pasayib ketgan. Murabbiylikka Ruud Gullit kelganidan soʻng u tarkibdagi oʻrnini butunlay yoʻqotgan.

Suwon Samsung Bluewings Son 2005-yil yanvarida „Feyenoord“dan ketganidan keyin „Suwon Samsung Bluewings“da o‘ynash uchun Janubiy Koreyaga qaytgan. 2005-yil oktyabr oyida u yana toʻpigʻidagi jarohatini yangilab olgan va oxir-oqibat operatsiya qilingan. U besh oydan soʻng maydonga qaytgan.

U 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoaga uning ahvolidan xavotirda boʻlishiga qaramay chaqiruv oolgan va birinchi guruh oʻyinini Togoga qarshi oʻtkazgan. U Janubiy Koreyaning gʻalaba goliga assistentlik qilgan. U oʻzini kutilganidan ham yaxshiroq koʻrsatgan, ammo murabbiy Dik Advokat uni keyingi oʻyinlarda maydonga tushirmagan.

Son 2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Suwonning asosiy oʻyinchisiga aylangan va 2008-yilda sardorlik bogʻichini olgan. U 2008-yilgi K liga chempionati finalida gʻalaba golini kiritib, jamoasini liga chempionligiga olib chiqgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBusan I’Cons2001K Liga252??100——3522002K Liga92??10——102Jami344??110——454Feyenoord2002—2003Eredivisiya18130—60—2712003—2004Eredivisiya25110—30—2912004—2005Eredivisiya10000—40—140Jami53240—130—702Suwon Samsung Bluewings2005K Liga900011120002212006K Liga2304040——3102007K Liga2402090——3502008K Liga2321060——3022009K Liga90102050—1702010K Liga70103060—170Jami95290351130001523Al-Shabab2010—2011Saudiya Professional Ligasi72????30—102Ulsan Hyundai2011K Liga1301050——190Tianjin Teda2011Xitoy Super Ligasi14120———161Karyerada jami216111605112900031212

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 2000 2 0 2001 14 1 2002 22 2 2003 3 0 2004 8 0 2006 8 0 2007 3 0 Karyerada jami 60 3 +Son Jon-guk tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 111.02.2001 Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 1-1 4-1 2001-yil Dubay turniri 219.01.2002 Pasadena, Amerika Qoʻshma Shtatlari 1-1 1-2 2002-yil CONCACAF Oltin kubogi 329.06.2002 Daegu, Janubiy Koreya 2-3 2-3 2002 FIFA Jahon chempionati

Yutuqlari Busan I’Cons

Koreya Ligasi kubogi sohibi: 2001

Feyenoord

KNVB kubogi sovrindori: 2002—2003

Suwon Samsung Bluewings

Pan-Tinch okeani chempionati : 2009 A3 Chempionlar Kubogi : 2005 K ligasi 1 : 2008 Koreya FA kubogi : 2009 Koreya Liga kubogi : 2005, 2008 Koreya Superkubogi : 2005

Tianjin Teda

Xitoy FA kubogi : 2011

Janubiy Koreya U20

Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 1998

Janubiy Koreya

FIFA Jahon chempionati toʻrtinchi oʻrin sohibi: 2002 OFK Osiyo Kubogi uchinchi oʻrin sohibi : 2007

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:Suwon Samsung Bluewings futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari