Abe no Hirafu阿倍 比羅夫Abe no Hirafuning ukiyo-e si, 1878-yilTugʻilgan yilinomaʼlumVafit etgan yilinomaʼlumFaoliyat davri645-664-yillarEraAsuka davriBolalariAbe no Sukunamaro [ja], Abe no Yasumaro [ja], Hiketa Hirome [ja],

Abe no Funamori [ja]Ota-onasi 阿倍目 (Abe Moku)? (otasi) nomaʼlum (onasi)

yapon harbiy strategiyachisi va Asuka davri qoʻmondoni sifatida tanilgan shaxs.

Baʼzi manbalarda u taxminan 575-664 yillar oraligʻida yashaganligi aytiladi.

Biografiyasi Abe no Hirafuning hayotidagi voqealar uning oʻlimidan bir necha oʻn yillar oʻtib yozilgan "Nihon Shoki " va „Kojiki“ kitoblarida tasvirlangan. Otasining ismi va kelib chiqishi nomaʼlum, chunki yozma manbalar bir-biriga zid boʻlib, oʻsha paytda yashagan urugʻlarning nasabnomasini ulugʻlash uchun oʻzgartirilgan boʻlishi ham mumkin.

Voyaga yetganidan soʻng, Abe no Hirafu Koshi viloyatining gubernatori etib tayinlanadi. 658-yilda u mahalliy aholining iltimosiga binoan „Vatarishima“ da (bu Tsugaru yarim oroli yoki Xokkaydoni anglatishi mumkin) Mishixase ustidan gʻalaba qozondi. Uning odamlari 660-yilgacha Xokkaydo va Okushiri orollarida bosqinchilik va talon-toroj qilishni davom ettirib, koʻplab oʻljalar va mahbuslarni oʻzlari bilan olib kelishadi. Abe no Hirafuning oʻljalari orasida kamida 2 ta tirik ayiq, 70 ta ayiq terisi va 353 ta mahbus bor edi. 660-yil mart oyida mahalliy ittifoqchilar undan Xokkaydodagi Ishikari daryosida harbiy yordam soʻrashdi, u yerda Abe no Hirafu yana gʻalaba qozonadi.

662-yilda Abe no Hirafuning xoʻjayini (tez orada imperator Tenji boʻladi), uni va asirga olingan shahzoda Buyeo Pungni vayron boʻlgan ittifoqchi Baekje qirolligini tiklash uchun Koreya yarim oroliga ekspeditsiyada qatnashishga tayinlaydi. Abe no Hirafuga uchta diviziyada orqa boʻlinma qoʻmondonligiga tayinlangan edi. Uning boʻlinmasi butunlay dengiz boʻlinmasi boʻlib, ular 662-yil avgustda qitʼaga kirib kelgan va 663-yil avgustda Baekgang jangidagi magʻlubiyatdan keyin mamalakatga qayta chaqirib olingan.

Abe no Hirafu bir yoki bir nechta Abe sulolalarining, shuningdek, Ando va Akita sulolalarining ilk vakili boʻlishi mumkin.

Yana qarang

Mishihase

Eslatmalar va havolalar

This article incorporates text from OpenHistory.

Ushbu maqola 2017-yil 27-iyulda foydalanilgan Yapon Vikipediyasi sahifasi língínìnìnìnìnìnìnìnìnči sahifasidan olingan. Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar