Lazizbek Hasanjon oʻgʻli Mullajonov (1999-yil 13-may2021 WC Entry list, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik havaskor-bokschi, ogʻir va superogʻir vazn toifalarida tashkil etilayotgan janglarda ishtirok etib keladi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionati gʻolibi (2021), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va milliy turnirlarining koʻp karra chempioni va sovrindori. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi. „Kelajak bunyodkori“ medali sohibi.

Tarjimai hol Lazizbek Mullajonov 1999-yili Fargʻona tumanida dunyoga kelgan. Murabbiyi Sherzod Husanov va Gʻanisher Toʻychiyev. Lazizbek Mullajonov Neftchi futbol klubining sobiq futbolchisi. Jamoaning ikkinchi liga oʻyinlarida ishtirok etgan. Keyinchalik murabbiyi Sherzod Husanov tufayli futboldan boksga kirib kelgan.

Havaskorlik faoliyati 2021-yil 2021-yilning 29-yanvar kuni Moskvada (Rossiya) Mullajonov rossiyalik Aleksandr Stepanovni (2–2) 2-raundda texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratgan.

2021-yil sentyabr oyi oxirlarida Xalqaro harbiy sport kengashi tomonidan tashkil etilgan Moskvadagi (Rossiya) harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi boks boʻyicha 58-jahon chempionatida finalda tajribali rossiyalik Svyatoslav Teterinni hakamlarning chiqargan qarori bilan magʻlubiyatga uchratib, jahon chempioni boʻlgan.

2021-yil oktyabr oyi oxirida va noyabr oyining boshida Belgradda (Serbiya) 92 kg dan yuqori vazn toifasida jahon chempionatida ishtirok etgan. 1/16 finalda tajribali eronlik Puria Amirini, 1/8 finalda angliyalik Delicious Orini ochkolar boʻyicha magʻlub etgan boʻlsa, chorak finalda armanistonlik David Chaloyanga qarshi oʻtkazilgan jangda ochkolar boʻyicha magʻlub boʻlgan. Sportchi ushbu jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlangan. 2022-yil 2022-yil fevral oyida u Rossiyaning nufuzli „Stranja“ xalqaro turnirida 92 kg dan yuqori vazn toifasida chempion boʻlgan, Sofiyadagi (Bolgariya) musobaqada chorak finalda rossiyalik bokschi Yaroslav Doronichev ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan gʻolib deb topilgan, soʻngra yarim final bosqichida qozogʻistonlik Nurlan Saparboyni, finalda esa tajribali germaniyalik bokschi Nelvi Tiafakni ochkolar hisobi boʻyicha magʻlub etgan.

2022-yilning noyabr oyida Ammanda (Iordaniya) 92 kgdan yuqori vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Kamshibek Kunkabayevni magʻlub etib, ilk bor Osiyo chempioni boʻlgan.

2022-yilning dekabr oyida 92 kg dan yuqori vaznda finalda Jahongir Zokirovni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. 2023-yil 2023-yilning may oyida Toshkentda (Oʻzbekiston) 92 kg vazn toifasida jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Turnirda kolumbiyalik Marlon Xurtadoni 1/16 finalda hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar boʻyicha magʻlub etgan (5:0). Soʻngra 1/8 finalda 5:0 hisobida gruziyalik bokschi Georgiy Tchigladzeni ham taslim qilgan. Chorak finalda 4:1 hisob bilan kubalik Julio César La Cruz ustidan gʻalaba qozongan. Yarim finalda ochkolar boʻyicha 2023-yilgi jahon chempioni, rossiyalik bokschi Muslim Gadjimagomedovga 1:4 hisobida yutqazgan.

2023-yil oktabr oyida esa Xanchjouda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 92 kggacha vazn toifasida ishtirok etgan. Chorak finalda xitoylik Xan Syuezhenga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan.

2024-yil 2024-yilning mart oyida Busto Arsizio shahrida (Italiya) 1-jahon olimpiya saralash turnirida 92 kg vazn toifasida qatnashgan. Chorak finalda gruziyalik bokschi Giorgiy Kushitashvilini 5:0 hisobida magʻlub etgan va 2024-yilgi Parij Olimpiadasida ishtirok etish litsenziyasini qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari Lazizbek Mullajonov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda italiyalik Aziz Muhiddinni 4:1 hisobida magʻlub etib, chorak finalga yoʻl olgan. Chorak finalda Braziliya vakili Keno Machadoni 5:1 hisobida magʻlub etgan. Yarim final bahslarida tojikistonlik Davlat Boltayev bilan toʻqnash keldi. Boltayev ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda Ozarbayjon vakili Loren Berto Alfonso Dominguez bilan toʻqnashdi. 5:0 hisoboda gʻalaba qozonib, oltin medal sohibi boʻldi.

Professional faoliyati 2021-yil 29-yanvar kuni Moskvadagi (Rossiya) professional debyut ringga koʻtarilib, muddatidan avval 2-raundda texnik nokautga uchratgan. Sportchi ushbu jang davomida rossiyalik Aleksandr Stepanov ustidan gʻalaba qozongan edi. NatijaRekordRaqibTuriRaund, vaqtiSanaManzilIzoh4Gʻalaba4–0 Nursultan AmanjolovTKO1 (8), 26-avgust 2023-yil3Gʻalaba3–0 Michael BassettTKO1 (6), 13-avgust 2021-yil2Gʻalaba2–0 Anton SjomkinKO1(6), 4-iyun 2021-yil1Gʻalaba1–0 Aleksandr StepanovTKO1 (6), 29-yanvar 2021-yil

Unvon va mukofotlari 2024-yilda „Kelajak bunyodkori“ medali 2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni berilgan. Manbalar

Havolalar Lazizbek Mullajonov  – BoxRec dagi jang statistikasi Lazizbek Mullajonov – vRINGe.com da yangiliklar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Boks boʻyicha medal sohiblari Turkum:Boks boʻyicha yozgi Butunjahon universiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida bokschilar Turkum:Oʻzbekistonning FISU Jahon Universiadasida oltin medali olgan sportchilari Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Superogʻir vaznli bokschilar Turkum:Ogʻir vaznli bokschilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Boks boʻyicha Osiyo Chempionlari