Benjamin "Ben" Karpman (1886-yil 8 avgust / 1962-yil 24-may) amerikalik psixiatr boʻlib, inson jinsiy hayotiga oid tadqiqotlari bilan tanilgan. U 1921-yildan 1941-yilgacha Howard University College of Medicine oliygohida professor va psixiatriya kafedrasi boshligʻi boʻlib ishlagan Williams EY (November 1967). The Howard Department of Neurology and Psychiatry. Journal of the National Medical Association, 59:6 pp. 47 ff. Hayoti va faoliyati Karpman Slutzkda tugʻilgan. U Minnesota universitetini tamomlagan, 1915-yilda bakalavr, 1918-yilda magistr va 1920-yilda tibbiyot fanlari doktori darajasini olgan. U Jesse Francis McClendon bilan Minnesota universiteti tibbiyot fakultetida inson ovqat hazm qilish tizimidagi pH oʻlchovlarini in situ tartibida oʻrganishda kashfiyotchi sifatida ishlagan. U Sent-Elizabet kasalxonasida amaliyot oʻtaganidan soʻng, katta tibbiy xodim va psixoterapevt lavozimiga koʻtarildi. Karpman psixoanaliz tarafdori edi va oʻzining klinik tajribasiga asoslangan holda koʻplab keys hisobotlarni nashr etdi. Xovardda esa, dinamik psixiatriyani tibbiy oʻquv dasturiga kiritdi Willie CV, Kramer, BM, Brown BS (1973). Racism and mental health: essays. University of Pittsburgh Press, .
Karpman The American Mercury jurnalining faollaridan boʻlgan boʻlib, u yerda Harrisonning Narkotiklarga oid soliq qonunini tanqid qilganKarpman B (May 10, 1931). A law that creates crime. Chicago Daily Tribune. U 1953-yilda Nyu-York Fanlar akademiyasi a'zoligiga saylanganTransactions of the New York Academy of Sciences, p. 282.. Karpman ijtimoiy huquqni ham, tibbiyotni ham ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi oʻrnini tanqid qilgan edi. U 2010-yilga borib Qoʻshma Shtatlarda qamoqxonalar boʻlmaydi, faqat qonunbuzarlar uchun psixiatrik davolash markazlari boʻladi, degan farazni olgʻa surgan. "Men advokatlik kasbi va psixiatriyaning koʻplab tarmoqlariga zid fikrlayman, lekin ikkisi ham notoʻgʻri ishlashini bilaman. Masala oddiy: “Ayblanuvchi xastami yoki yo‘qmi? Bir shaxsda bir vaqtning oʻzida ruhiy kasallik va jinoiy javobgarlik boʻlishi mumkin emas" Staff report (May 23, 1960). Medicine: Criminal or Insane? Time.
Karpman 1962-yil 23-mayda yurak xurujiga uchradi va ertasi kuni vafot etdi Lavine TZ (1963). Benjamin Karpman, MD (1888-1962), Memorial Minutes. Proceedings and Addresses of the American Philosophical Association. 1962-1963 V.36.
Turkum:Articles using Template Infobox person Wikidata Turkum:1962-yilda vafot etganlar Turkum:1886-yilda tugʻilganlar