Sardor Rafkatovich Qobuljonov (; 1987-yil 2-fevralda tug'ilgan) — oʻzbek futbolchisi. „Kattaqoʻrgʻon“ klubi darvozaboni.
Futbolchilik faoliyati
Klublardagi faoliyati Sardor Qobuljonov Bekobodning „Metallurg“ klubi futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-yilda ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2009-2010-yillarda Toshkentning „Oqtepa“ jamoasida oʻynagan. 2011-yilda Buxoroga koʻchib oʻtgan. Qobuljonov „Buxoro“ tarkibida 3 mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 44 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2014-yil boshida Sardor Qobuljonov Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma tuzib, birinchi davrada bor-yoʻgʻi 1 ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkinchi davrada „Neftchi“ning sobiq asosiy darvozaboni Hislat Chilmatov oʻrniga asosiy darvozabonga aylangan. 2015-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi tarkibiga qaytgan. 2016-yilgi mavsumda ogʻir jarohat olgan.
2019-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasi safiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsum Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilgi mavsum oldidan „Gʻijduvon“ klubida tarkibida boshlashga yaqin edi, ammo Gʻijduvon jamoasi moliyaviy muammolar sababli mavsumda birorta musoboqa ishtirok eta olmasligi maʼlum boʻldi. Sardor yangi mavsum oldidan Tojikiston Oliy ligasi jamoasi „Vaxsh Bohtar“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati Qobuljonov 2012—2013 yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2022
Manbalar
Havolalar
Sardor Qobuljonov Fbref saytida Sardor Qobuljonov Footballfacts saytida Sardor Qobuljonov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Kattaqoʻrgʻon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar