Abbosbek Jumaqulov Faxriddin oʻgʻli (1999-yil 1-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, „Bunyodkor-2“ klubida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Dinamo (Samarqand) 2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida oʻynagan. Pro-ligadagi debyut oʻyinini 2018-yilning 21-iyun kuni „Mashal“ klubiga qarshi oʻtkazgan. U klubning asosiy tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
Bunyodkor 2019-yilda „Bunyodkor“ klubining yoshlar jamoasida oʻynagan.
Buxoro 2020-yilgi mavsumda „Buxoro“ klubi tarkibiga oʻtgan. Abbosbek chempionatdagi debyutini 2020-yil 28-fevral kuni „Qoʻqon 1912“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U klub safida 6 ta oʻyin oʻtkazgan va oʻyinlar oxirida zaxiradan maydonga tushgan. Abbosbek maydonda oʻng qanot himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.
Bunyodkor-2 2021-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan "Bunyodkor-2" farm klubi bilan shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2021-yil 11-aprel kuni „Lokomotiv“ BFK klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va oʻyinning 32-daqiqasida penaltidan oʻzining birinchi golini kiritgan. Debyut mavsumida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Energetik-BGU 2022-yilning mart oyida u Belarusning Energetik-BGU klubiga ijaraga oʻtgan. Jumaqulov 2022-yil 29-may kuni Premyer-ligada „Slaviya Mozir“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2022-yil iyul oyi oxirida u klubni tark etgan.
2023-yil mavsum boshida faoliyatini yakunlagan
Manbalar
Havolalar
Abbosbek Jumaqulov Transfermarkt saytida profili Abbosbek Jumaqulov Soccerway saytidagi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor-2 klubi futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar