Igor Vitalyevich Rogovanov (; 1995-yil 4-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq futbolchi, hujumchi va yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Faoliyati Igor sobiq futbolchi va murabbiy Vitaliy Rogovanovning oʻgʻli hisoblanadi. 2012-yilgi mavsumda „Qizilqum“ jamoasining mavsum qaydnomasiga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan.
2013-yilda „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtgan. U Oʻzbekiston chempionatidagi debyut uchrashuvini 2013-yil 27-may kuni „Qizilqum“ jamoasiga qarshi oʻtkazib, 91-daqiqada Gʻulom Oʻrunov oʻrniga maydonga tushgan. Umuman olganda, mavsum oxirigacha oliy liganing uchta oʻyinida ishtirok etgan, barcha oʻyinlarda oxirida zaxiradan maydonga tushgan. 2014—2015-yillarda ham „Paxtakor“ klubi tarkibida toʻp surgan, ammo oʻrinbosarlar jamoasi tarkida oʻynagan. 2014-yilda Oʻzbekiston kubogida bitta oʻyin oʻtkazgan. Igor Oʻzbekiston yoshlar (19 yoshgacha) terma jamoasi tarkibida bir nechta oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan.
2018/19-yilgi mavsum Qrim chempionatida mahalliy Premer-liganing debyutan jamoasi, Inkomsport (Yalta) klubi tarkibida oʻynagan va 11 gol bilan chempionat toʻpurarlari bahsida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2019-yilning yozida Qrim chempionatining boshqa klubi – „Sevastopol“ klubiga oʻtgan.
Manbalar
Havolalar
Igor Rogovanov Transfermarkt saytida Igor Rogovanov: „Futbol bosh bilan oʻynaladi. Soʻzning har qanday maʼnosida“
Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:4-iyulda tugʻilganlar Turkum:Oʻshda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari