Akbar Ismatullaev (1991-yil 10-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Akbar „Paxtakor“ futbol klubi akademiyasi tarbiyalamuvchisi hisoblanadi. Professional shartnomasini 2009-yil „Paxtakor“ jamoasi bilan imzolagan. Poytaxtliklar sharafini 2018-yilgi mavsumgacha himoya qilgan. 2018-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ jamoasi taklifini qabul qilgan va 2 yil davomida bekobodliklar klubida toʻp surdi. 2020-yil Tailandning 7 kara chempioni „Buriram“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2020-yilning 11-sentyabr kuni Ismatulayevda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, bu holar esa uni izolyatsiya qilishga majbur qilgan. Keyinchalik, 14-sentyabr kuni COVID-19 dan tuzalib ketgani haqida xabar berilgan. Ismatullayev debyutini 26-sentyabr kuni Suphan Buri klubiga qarshi oʻtkazgan.

Ismatulayev klub safida barcha musobaqalarda 12 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan.

2021-yil yana Bekobodliklar safiga qaytib kelgan ammo mavsum soʻngida ogʻir jarohat olgan va mavsum soʻnggini, shuningdek yangi mavsumni boshlangʻich qismini oʻtkazib yuborgan. 2022-yil yangi mavsumda Bekobodliklar bilan shartnomani ikki taraflama bekor qiligan va 2-davradan Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2024-yilgi mavsum oldidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ammo Dinamo jamoasi bilan boʻlgan nizoli vaziyatdan soʻng klubni tark etgan.

Yutuqlar

Klub

Paxtakor

Oʻzbekiston ligasi (2): 2012, 2014 Oʻzbekiston kubogi (1): 2011-yil

Manbalar

Havolalar

Akbar Ismatullayev OʻzPFL saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buriram United F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tailand 1 ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar