Davron Bahtiyorovich Mirzayev (1989-yil 8-fevral, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, oxirgi marta Qrim Premer-ligasida „Rubin Yaltada“ oʻynagan. U Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Futbolchilik faoliyati Davron 12 yoshidan Toshkentning „Paxtakor“ klubi maktabida futbol oʻynay boshlagan. Birinchi murabbiy Ilnur Yevgenievich Eremeyev. Oradan uch yil oʻtib Paxtakor jamoasi oʻrinbosarlariga, soʻngra Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga taklif qilingan. 16 yoshida „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan.

2006-yilda Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan turnirda Rossiyaning „Rubin“ selektsionerlari eʼtiboriga tushgan va Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagan. 2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u Rossiya fuqaroligini olgan.

Davron Rubin jamoasi asosiy tarkibdagi debyutini 2008-yilning avgust oyida Komsomolsk-na-Amur shahrining „Smena“ jamoasi qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2007—2009-yillarda Qozonning „Rubin“ klubining zaxira va yoshlar jamoasida 47 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 2010-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogi turnirida Rubin tarkibida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

2008-yil Oʻzbekiston U19 terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni olgan. 2010-yil noyabr oyida Yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan.

2014-yilning mart oyida Mirzayev Tojikistonning „Istiqlol“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 2014-yilning noyabr oyida Mirzayev Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida mashgʻulot oʻtkazayotgani haqida xabar berilgan. 2015-yilning yozida Mirzayev Qrim Premyer-ligasi vakili „Rubin Yalta“ jamoasi safiga oʻtgan va oʻsha yilning 15-dekabrida jamoani tark etgan. Yaltaning „Rubin“ klubini tark etganidan soʻng, Mirzayev Belshina Bobruysk tarkibida mashgʻulot oʻtkazgan, biroq shartnoma imzolamagan.

Manbalar

Havolalar

Davron Mirzayev Davron Mirzayev Rubin Qozon klubi satida Davron Mirzayev Transfermarkt saytida Davron Mirzayev Soccerway saytida Davron Mirzayev Sportbox saytida

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:FC Neftekhimik Nizhnekamsk futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar