Katrin Juliet Cartlidge (15-may, 1961-yil, Londonda tugʻilgan – 7-sentabr, 2002-yil, Angliyada vafot etgan) britaniyalik sobiq aktrisa. U birinchi marta ekranda Channel 4 efirga uzatgan Brookside (1982-1983-yillar) serialida Lucy Collins rolida paydo boʻladi hamda 1997-yilda Mike Leighning Career Girls filmi uchun "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida Evening Standard Film mukofotini qoʻlga kiritadi. Aktrisaning boshqa filmlari orasida Leighning Naked (1993), Before the Rain (1994), Breaking the Waves (1996) hamda From Hell (2001) filmlari bor.
Yoshligi Cartlidge Londonda ingliz millatiga mansub otasi Derek va nemis-yahudiy boʻlgan onasi Bobbilar oilasida tugʻilgan. U Camdendagi Parliament Hill School for Girlsda tahsil olganGuardian obituary..
Faoliyati Aktrisaning Manchevski tomonidan ishlangan Before the Rain va No Man's Land filmlari uni Bosniya va Gersegovina hamda Bolqon yarim orolida mashhurlikka erishishiga yordam beradi. Mike Leighning Naked filmidagi Sophie obrazi uning birinchi bosh roli boʻlgan. Cartlidge yana ikkita Leigh filmlarida ishlagan. Jumladan, Career Girls filmida u 20—30 yosh oraligʻidagi bosh rollardan birini Hannah obrazini hamda Topsy Turvyda esa Parijdagi fohishaxonadagi madam rolini gavdalantirgan.
U polshalik rejissor Lech Majewskining 2004-yilda suratga The Garden of Earthly Delights nomli saraton kasalligidan vafot etgan sanʼatshunosning filmida bosh rolni oʻynashi kerak edi, biroq, muallif film suratga olinishi boshlanishidan oldin vafot etganLech Majewski, DVD commentary, The Garden of Earthly Delights, Kino International, New York, 2008. . Cartlidge 21 Gramsda rol oʻynashni boshladi, ammo aktrisa vafot etgach, uning oʻrniga Charlotte Gainsbourg uning rolini davom ettiradi.
Cartlidge 41 yoshida (2002-yil, 7-sentabr) feokromotsitomadan kelib chiqqan pnevmoniya va septitsemiya asoratlariGuardian obituary. tufayli vafot etgan. Tracy Letts oʻzining 2003-yilda Man from Nebraska spektaklida Cartlidgega bagʻishlab, „Nebraskalik odam mening qadrdon doʻstim Katrin Cartlidge xotirasiga bagʻishlangan“, degan edi.
Filmografiyasi Televizion va qisqa metrajli filmlarda YilSarlavhaRolRejissorIzohlar1985Sacred HeartsDorisBarbara Rennie1987Eat the RichKatrinPeter Richardson1993NakedSophieMike Leigh1994Before the RainAnneMilcho Manchevski1996MerisairasElena PolakovVeikko AaltonenYana bir nomi „Seasick“1996Breaking the WavesDodo McNeillLars von TrierBodil Award for Best Actress in a Supporting Role Robert Award for Best Actress in a Supporting Role1997Career GirlsHannah MillsMike LeighEvening Standard British Film Award for Best Actress Boston Society of Film Critics Award for Best Actress —Nomzod: European Film Award for Best Actress1998Claire DolanClaire DolanLodge Kerrigan—Nomzod: Independent Spirit Award for Best Female Lead1998Hi-LifeAprilRoger Hedden1999The Lost SonEmilyChris Menges1999Topsy-TurvyMadamMike Leigh1999The Cherry OrchardVaryaMichael Cacoyannis2000Hotel SplendideCora BlancheTerence Gross2000The Weight of WaterKaren ChristensonKathryn Bigelow2001No Manʼs LandJane LivingstoneDanis Tanović2001From HellAnnie ChapmanHughes Brothers Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1982–83, 1990BrooksideLucy CollinsTelevizion drama serial • 51ta epizod1986The CollectorsBeattie Haycock1-fasl, 7-epizod: „The Dog It Was…“1987BulmanRose2-fasl, 7-epizod: „Ministry of Accidents“1988The Comic Strip Presents…Maria3-fasl, 6-epizod: „Funseekers“1993The ChiefLiz Williams3-fasl, 3-epizod: „A Long Cold Lonely Winter“1994Capital LivesCarole1-fasl, 6-epizod: „Repossessed“1996Screen TwoBosh qahramonning kafedagi sevgilisiEpizod: „Look Me in the Eye“ YilSarlavhaRolIzohlar1993KolinskyNomaʼlum rol(lar)Qisqa metrajli film1994Normandy: The Great CrusadeClara Milburn (ovozli)Televizion qisqa merajli film1994Nobody’s ChildrenVioricaTelevizion film1994FeverClaireQisqa metrajli film19953 Steps to HeavenSuzanne / Candy / BillieTelevizion film1995NaranceManyaQisqa metrajli film1996NightlifeRobinTelevizion film1996Saint-ExGabrielle de Saint-ExupéryTelevizion film2000CinderellaGonerilTelevizion film2001Sword of HonourJulia StitchTelevizion film2002Crime and PunishmentKaterina IvanovnaTelevizion film2002Surrealissimo: The Scandalous Success of Salvador DaliGala DaliTelevizion maxsus koʻrsatuv2002Eddie Loves MaryNomaʼlum rolQisqa metrajli film • oʻlimidan keyin chiqarilgan
Manbalar
Havolalar
Guardian nekrologi Career Girl: Katrin Cartlidgega hurmat Katrin Cartlidge xotirlash Katrin Cartlidge Foundation
Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar