thumb Meksika pasportlari Meksika fuqarolariga chet elga sayohat qilish uchun beriladi. Meksika pasporti ham rasmiy ID va Meksika fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir. 2021-yilgi Henley viza cheklovlari indeksiga koʻra Meksika pasporti egalari vizasiz 158 ta (maksimal 192 tadan) davlatga tashrif buyurishi mumkin, bu esa Meksikani global sayohat erkinligi boʻyicha 25-oʻringa qoʻyadi.
Meksika 2021-yilda elektron pasport (pasaporte electrónico) deb nomlangan biometrik pasportga o‘tdi. Pasport turlari Oddiy pasport — odatiy sayohatlar uchun beriladi. Bunga dam olish, turizm hamda xizmat safari (biznes safarlari) kiradi.
Diplomatik pasport — Meksika diplomatlari, yuqori lavozimli davlat amaldorlari, diplomatik kuryerlar hamda ularning oila a’zolariga beriladi. Shuningdek, rasmiy xizmat vazifalaridan tashqari safarlar uchun “Meksika diplomatik guvohnomasi” (Cédula diplomática mexicana) deb nomlangan alohida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ham beriladi. U ayrim hollarda oddiy pasport bilan birga qo‘llanilishi mumkin.
Xizmat pasporti — Meksika hukumati nomidan rasmiy vazifalarni bajarish uchun xizmat safari bilan yuborilgan shaxslarga beriladi. Tashqi koʻrinishi Meksika pasportlari to‘q yashil rangda bo‘lib, old muqovasining markazida Meksika davlat gerbi joylashgan. Gerb atrofida mamlakatning rasmiy nomi — “Estados Unidos Mexicanos” (Meksika Qo‘shma Shtatlari) yozuvi keltirilgan. Gerb ostida “Pasaporte” so‘zi, uning pastki qismida xalqaro biometrik belgi, yuqori qismida esa mamlakatning keng tarqalgan nomi — “Mexico” yozuvi joylashgan.
Meksika pasportida ko‘plab himoya (xavfsizlik) elementlari mavjud bo‘lib, ayrim elementlari ultrabinafsha nurlar ta’sirida namoyon bo‘ladi. Ichki sahifalari Har bir pasportda shaxsiy ma’lumotlar sahifasi va imzo sahifasi mavjud. Illyustratsiya: shaxsiy ma’lumotlar sahifasi va imzo sahifasi — o‘ng tomonda. Hozirgi vaqtda Meksika ‘G’ va ‘N’ seriyali pasportlarni chiqaradi.
Meksika pasportining shaxsiy ma’lumotlar sahifasida quyidagi ma’lumotlar mavjud: Pasport egasining rasmi (raqamli) Turi (P) Davlat kodi (MEX) Pasport raqami Familiyalar (ota va ona familiyasi kiradi) Ismlar Fuqaroligi Izohlar Tug‘ilgan sana Shaxsiy identifikatsiya raqami (CURP — Unique Population Registry Code) Jinsi Tug‘ilgan joyi Berilgan sana Beruvchi organ Amal qilish muddati Hologram rasmi sahifaning o‘ng markaziy qismida va davlat ramzlari shaxsiy ma’lumotlar sahifasi bo‘ylab tarqatilgan. 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar pasporti ham quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: rasmi, to‘liq ismi, fuqaroligi, CURP va voyaga yetmagan shaxsga mas’ul bo‘lgan shaxsning imzosi. Shaxsiy ma’lumotlar sahifasi Machine Readable Zone (mashina o‘qiy oladigan zonasi ) bilan yakunlanadi. Pasportda viza va pasport muhrlari uchun 32 sahifa mavjud bo‘lib, har bir sahifada 31 ta Meksika shtati va Meksiko shahrining gerbi aks etgan. Viza talablari
2025-yil holatiga ko‘ra, Meksika fuqarolari 158 ta mamlakat va hududga vizasiz yoki kelganda viza olish huquqiga ega bo‘lib, bu Meksika pasportini Henley Passport Index ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda 22-o‘ringa qo‘yadi. Galareya
Manbalar
Havolalar (in Spanish) Mexican Ministry of Foreign Affairs (Passports) (in Spanish) Mexican Ministry of Foreign Affairs (List of countries that Mexican citizens can visit visa-free) (in Spanish) Mexican Ministry of Foreign Affairs (List of countries that can visit Mexico visa-free)
Turkum:Pasport