Tourette sindromi (Tourette kasalligi, Gilles de la Tourette sindromi, DSM- 5da — Tourette buzilishi ,) genetik jihatdan aniqlangan markaziy asab tizimining buzilishi boʻlib, u har qanday yoshda oʻzini namoyon qiladi va bunda bemor kun davomida koʻp harakatli tiklar va kamida bitta ovozli tik chiqarishi bilan tavsiflanadi. Tik( "mushaklarning burishishi; „tik“) — tez, stereotipli, qisqa muddatli ixtiyorsiz elementar harakat, tashqi tomondan refleksga oʻxshaydi yoki maqsadli giperkinezning bir turi. Giperkineziyalar (yunoncha ὑπthr „kuchli“ va kínēs „harakat“ soʻzlaridan) miyaning notoʻgʻri buyrugʻiga koʻra bir mushak yoki butun muskullar guruhining qisqarishi deb ataladi. Tourette sindromi Amerika ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasining, boshqa tikli buzilishlar sahifasi bilan bir qatorda neyrorivojlanishning harakatli buzilishi sifatida qoʻllanmaning beshinchi nashrida (DSM-5), tasniflanadi. Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi bilan kechuvchi Tourette sindromi tez-tez komorbid holatda uchraydi.
Avvallari Tourette sindromi odobsiz yoki ijtimoiy jihatdan nooʻrin va haqoratli soʻzlarni (koprolaliya) baqirib aytish bilan bogʻliq boʻlgan kamdan-kam uchrovchi va gʻayrioddiy sindrom deb hisoblangan. Biroq, bu alomat Tourette sindromi boʻlgan kam sonli odamlarda uchraydi.Tourette sindromli odamlarning intellektual salohiyati va umr koʻrish davomiyligi normada. Koʻpchilik bolalarda tiklarning faollik darajasi oʻsmirlik yoshi tugaganida ozayadi va kattalarda Tourette sindromining kuchli darajasi kam uchraydi. Tourette sindromli mashhur odamlar hayotning barcha sohalarida uchrab turadi.Portraits of adults with TS. Tourette Syndrome Association. Retrieved on January 4, 2007.
Tourette sindromining etiologiyasida genetik va atrof-muhit omillari maʼlum bir ahamiyatga ega, ammo kasallikning aniq sabablari nomaʼlum. Aksariyat hollarda davolanish talab etilmaydi. Tiklarning har bir holati uchun samarali dorilar mavjud emas, lekin bemorning ahvolini yengillashtiruvchi dori-darmonlar va davolash usullaridan foydalanish oqlangan. Kasallikni oʻrganish, tushuntirish ishlarini olib borish va bemorlarga ruhiy koʻmak berish davolash rejasining muhim qismidir.
Ushbu kasallikning nomini Jan Martin Charcot oʻz shogirdi,1885-yilda bu sindrom bilan ogʻrigan 9 bemor haqidagi maʼruzasini nashr etgan fransuz shifokori va nevrologi Gilles de la Tourette sharafiga qoʻyishni taklif etgan.
Tarixi
Ilmiy davrdan oldingi davr (Oʻrta asrlar) Birinchi marta Tourette sindromiga oʻxshash holat 1486 yilda G. Kramer va Y. Sprenger tomonidan yozilgan " Jodugarlar bolgʻasi " () da tasvirlangan. Kitobda harakatli va ovozli tiklari boʻlgan va „ins-jins tekkan“ deb hisoblangan ruhoniy tasvirlangan.
XIX asr thumb|242x242px| J. M. G. Itard — fransuz shifokori, bolalar psixiatriyasining asoschilaridan biri, birinchi marta Tourette sindromini ilmiy nuqtai nazarda taʼriflagan odam 1825-yilda J. M. G. Itard, oʻsha paytda kar -soqovlar Qirollik institutining rahbarining (hozirgi Parij kar-soqov yoshlar milliy instituti) ( („Harakatni ushlab turish va ovoz bilan bogʻliq organlar tizimining baʼzi ixtiyoriy funksiyalarini ilmiy tekshirish“) maqolasida Tourette sindromining 10 ta holatini (7 bemor — erkaklarda) tasvirlab berdi. U bemorlar orasida parijlik aristokrat va oʻz davrining juda nufuzli shaxsi boʻlgan Markiza Dampierni tasvirlaydi. Oʻsha paytda u zamonaviy olimlar tomonidan juda kam taʼriflangan koprolaliya holatidan aziyat chekdi. Xonim oʻzining kelib chiqishi, aql-zakovati va olijanob xulq-atvoriga keskin qarama-qarshi boʻlgan odobsiz soʻzlar koʻrinishida ovozli tiklar yaratardi.
1861-yilda Tourette sindromini oʻrganishga muhim hissa qoʻshgan A. Trousseau oʻzining klinik tibbiyot va terapiya boʻyicha darsligida bir nechta holatlarni tasvirlab bergan.
Epidemiologiya Tourette sindromi hozir kam uchraydigan kasallik deb hisoblanmaydi, lekin har doim ham toʻgʻri tashxis qoʻyilmasligi mumkin, chunki aksariyat holatlar yengil koʻrinishda boʻladi. 1ta dan 10 ta gacha boʻlgan 1000 ta bolalarda Tourette sindromi mavjudLombroso PJ, Scahill L. „Tourette syndrome and obsessive-compulsive disorder“. Brain Dev. 2008 Apr;30(4):231-7. PMID 17937978 ; 1000 kishidan 10 dan ortigʻi tikli buzilishga egaTourette Syndrome Fact Sheet . National Institute of Neurological Disorders and Stroke/National Institutes of Health (NINDS/NIH), February 14, 2007. Retrieved on May 14, 2007.Scahill L, Williams S, Schwab-Stone M, Applegate J, Leckman JF. „Disruptive behavior problems in a community sample of children with tic disorders“. Adv Neurol. 2006;99:184-90. PMID 16536365. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, sindromining umumiy populyatsiyada tarqalishi 10 000 kishidan 3-5 tani tashkil qiladi. Bunda erkaklar ustunlik qiladi (3:1).
Etiologiya Tourette sindromining etiologiyasi va aniq sababi nomaʼlum, ammo u genetik va atrof-muhit omillari bilan bogʻliqligi aniqlanganWalkup JT, Mink JW, Hollenback PJ, (eds). Advances in Neurology, Vol. 99, Tourette Syndrome. Lippincott, Williams & Wilkins, Philadelphia, PA, 2006, p. xv. ISBN 0-7817-9970-8. Genetika tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki,Tourette sindromi holatlarining aksariyati irsiydir, ammo uning qanday kelib chiqishining aniq mexanizmi va oʻziga xos geniZinner (2000). hali aniqlanmaganRobertson MM (2000), p. 425.. Baʼzi hollarda Tourette sindromi sporadik, yaʼni ota-onadan meros boʻlib oʻtmaydi. Tourette sindromi bilan bogʻliq boʻlmagan tiklar koʻrinishidagi boshqa kasalliklarga turettizmlar deyiladi.
Tourette sindromi boʻlgan odam gen(lar)ni oʻz farzandlaridan biriga oʻtkazish ehtimoli taxminan 50 % ni tashkil qiladi, ammo bu sindrom oʻzgaruvchan gen ekspressiyasi va toʻliq penetransi boʻlmagan holatdir. Shunday qilib, maʼlum bir genetik nuqsonni meros qilib olgan har bir kishi simptomlarni rivojlantirmaydi; hatto eng yaqin qarindoshlarda ham har xil simptomlar boʻlishi yoki umuman boʻlmasligi mumkin. Gen(lar) Tourette sindromida yengil tik (vaqtinchalik yoki surunkali tiklar) yoki tiklarsiz obsessiv-kompulsiv alomatlar sifatida ifodalanishi mumkin. Gen(lar)ni meros qilib olgan bolalarning faqat ozchiligida tibbiy yordam talab qiladigan alomatlar mavjudTourette Syndrome: Frequently Asked Questions. Tourette Syndrome Association. Archived January 6, 2006.. Jins nuqsonli genning namoyon boʻlishiga taʼsir qiladi, erkaklarda tiklar ayollarga qaraganda koʻproq uchraydi.
Tourette sindromini keltirib chiqarmaydigan yuqumli yoki psixosotsiyal omillar uning ogʻirlashishiga taʼsir qilishiZinner (2000). ehtimoldan holi emas. Autoimmun jarayonlari tiklarning paydo boʻlishiga va baʼzi hollarda ularning kuchayishiga olib kelishi mumkin. 1998-yilda ruhiy salomatlik milliy institutining amerikalik olimlari streptokokkdan keyingi autoimmun jarayoni natijasida bir guruh bolalarda obsessiv-kompulsiv buzilishlar va tiklar paydo boʻlishi mumkinligini taxmin qildilar. 5 diagnostika mezoniga javob beradigan bolalar ushbu gipotezaga koʻra, streptokokk infektsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan bolalikdagi autoimmun nevropsixiyatrik kasalliklarga ega deb tasniflanadi (izglizcha qisqartmasi PANDAS)PANDAS. NIH. Retrieved on November 25, 2006.. Bu munozarali gipoteza klinik va laboratoriya tadqiqotlarining eʼtiborida boʻlgan, ammo isbotlanmaganImmune activation:.
Tiklar talamus, bazal gangliyalar va frontal loblarning disfunksiyasi natijasidir, deb ishoniladi. Neyroanatomik modellar miyaning kortikal va subkortikal tuzilmalarining neyron aloqalaridagi nosozliklar sindromida ishtirok etadiZinner (2000). va neyrovizualizatsiya texnologiyalari bazal gangliyalar va frontal giruslarning ishtiroki deb hisoblanadi.
Obsessiv-kompulsiv buzilishning ayrim shakllari genetik jihatlarda Tourette sindromi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Tanadagi magniy etishmovchiligi va buning natijasida kelib chiqadigan metabolik kasalliklar Tourette sindromi va baʼzi bir qator kasalliklarning sabablaridan biri boʻlishi mumkinligini koʻrsatadigan nazariya ham taklif qilinganGrimaldi B.L. „The central role of magnesium deficiency in Touretteʼs syndrome: causal relationships between magnesium deficiency, altered biochemical pathways and symptoms relating to Touretteʼs syndrome and several reported comorbid conditions“. Medical Hypotheses. 2002; 58(1):47-60, magniy birikmalari va B6 vitaminini qabul qilish koʻp bemorlar holatini yaxshilashi mumkin.Rafael Garcia-Lopez et al. „New therapeutic approach to Tourette Syndrome in children based on a randomized placebo-controlled double-blind phase IV study of the effectiveness and safety of magnesium and vitamin B6“. Trials, Biomed Central Ltd. 2009 Mar; 10(16)..
Diagnostika Tiklar qoʻqqisdan paydo boʻlib takrorlanuvchi, monoton, ritmik boʻlmagan harakatlar (motor tics) va alohida mushak guruhlarini oʻz ichiga olgan guruhlar shaklida paydo boʻladi
Tourette sindromi turiga va davomiyligiga (vaqtinchalik yoki surunkali) qarab " DSM-IV " ga koʻra tasniflanadigan tik kasalliklari turlaridan(motor yoki ovoz tiklar) biridir. Vaqtinchalik tik buzilishi 4 haftadan 12 oygacha davom etadigan bir nechta harakatli tiklari, ovozli tiklari yoki ikkalasidan iborat boʻlgan holatdir. Surunkali tik buzilishlari bir yildan koʻproq vaqt davomida mavjud boʻlgan bitta yoki koʻp, harakatli yoki ovozli tiklar (lekin ikkalasi ham bir vaqtda emas) boʻlishi mumkin. Tourette sindromi bemorda bir yildan ortiq vaqt davomida bir nechta harakatli tiklar va kamida bitta ovozli tik mavjud boʻlganda tashxis qilinadi.
Tiklar Tiklar „gʻayritabiiy xatti-harakatlar“, „normal harakat fonida oldindan aytib boʻlmaydigan tarzda vaqti-vaqti bilan sodir boʻladigan“, harakatlar va tovushlardir. Tourette sindromi bilan bogʻliq tiklar soni, chastotasi, ogʻirlik darajasi va anatomik joylashuvi boʻyicha farqlanadi. Hissiy qaygʻurishlar har bir bemorda tiklarni ogʻirlik darajasini va chastotasini individual ravishda oshiradi yoki kamaytiradi. Shuningdek, baʼzi bemorlarda tiklar ketma-ket davom etadi.