Hadise Açıkgöz (talaffuzi: Hadise Achikgoʻz; 1985-yil 22-oktabrda tugʻilgan). hadisemusic.com asli belgiyalik boʻlgan turk qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va raqqosasidir. U Belgiyada tugʻilib oʻsgan. Oilasining kelib chiqishi Turkiyaning Sivas viloyatidan Belgiyaga koʻchib kelgan migrantlardan hisoblanadi. 2003-yilda Hadise Idool 2003 nomli televizion koʻrik-tanlovda qatnashdi, 2005-yilda esa Sweat nomli ilk albomini chiqardi. Albomga 5 ta singl kiritilgan boʻlib, u Hadisega TMF (Belgiya) va Altın Kelebek („Oltin kapalak“) (Turkiya) mukofotlarini olib keldi Hadise oʻzining ismi bilan atalgan Hadise (2008) albomini omma eʼtiboriga taqdim etishi ortidan Belgiyada ham, Turkiyada ham mashhurlikka erishdi. Ham inglizcha, ham turkcha qoʻshiqlar kiritilgan ushbu albomdagi „Deli Oğlan“ („Telba oʻgʻlon“) ashulasi Turkiya hit-paradlarida birinchi pogʻonani egalladi.
2009-yilda Hadise Eurovision qoʻshiq tanlovida „Düm Tek Tek“ qoʻshigʻi bilan Turkiyadan vakil boʻlib qatnashdi.. U jami 177 ball toʻpladi va musobaqaning final bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. „Düm Tek Tek“ Hadisening Belgiya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk ashulasi boʻldi. Uning keyingi ikki studiyaviy albomi — Fast Life va Kahraman — 2009-yilda chiqarildi. Kahraman albomiga kiritilgan „Evlenmeliyiz“ ashulasi Türkçe Top 20 hit-paradida yuqori oʻntalik safiga kirdi. Keyinchalik, Hadise Aşk Kaç Beden Giyer? (2011), Tavsiye (2014) va Şampiyon (2017) albomlarini ommaga taqdim etdi.
Shuningdek, Hadise The X Factor realiti-shousining Belgiya versiyasida boshlovchilik qildi, O Ses Türkiye (The Voice realiti-shousining turkcha versiyasi) televizion koʻrik-tanlovida esa hakam sifatida qatnashdi. Diskografiyasi 2005: Sweat 2008: Hadise 2009: Fast Life 2009: Kahraman 2011: Aşk Kaç Beden Giyer? 2014: Tavsiye 2017: Şampiyon 2021: Aşka Kapandım
Televideniye Yil Nom Rol Izohlar 2003 Idool 2003 Oʻzi 2004 Idool 2004 Oʻzi 2006 Het swingpaleis Oʻzi 2006 De show van het jaar 2006 Oʻzi 2006, 2008 Zo is er maar één Oʻzi ikki qism 2006 Avrupa Yakası Oʻzi 2009 Wij van België Oʻzi 2009 Eurovision qoʻshiq tanlovi 2009 Oʻzi 2010 Zonde van de zendtijd Oʻzi 2011-present O Ses Türkiye Oʻzi Hakam 2014-2016 O Ses Çocuklar Oʻzi Hakam 2015 Survivor All Star Oʻzi 2018 Survivor 2018 Oʻzi 2018 Jet Sosyete Oʻzi 20-qism2020Survivor 2020Oʻzi44- va 86-qism2021O Ses Türkiye RapOʻziHakam
Manbalar
Havolalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turk qoʻshiqchilari Turkum:Belgiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar