Erigona () — qadimgi yunon mifologiyasidagi personaj.

Ikariyaning qiziПсевдо-Аполлодор. Mifologicheskaya biblioteka III 14, 7, Stafilning onasi. thumb|280x280px| Usta Penelopa. Satir qizni argʻimchoqda uchirmoqda. Miloddan avvalgi V-asrning uchinchi choragidagi skifos rasmi. Berlin antik kolleksiyasi Dionis uni yoʻldan urganОвидий. Metamorfozi. VI 125. Dionis Erigonaning sevgilisiga tok, otasiga esa meshda sharob berdi. Uning otasi birinchi marta sharobni tatib koʻrib, Ikariy ularga zahar berdi deb oʻylagan mast afinalik choʻponlar tomonidan oʻldirilganda, Erigone oʻzini daraxtga osib qoʻyganNonn. Deyaniya Dionisa. XLVII, 222 va oʻlim toʻshagida yotganida otasining qotillari topilmaguncha Afinaning barcha qizlari ham shunday oʻlim topishini tilagan. Tilak ijobat boʻlib, maʼbudlar aqlini olgan afinalik qizlar oʻz joniga qasd qilgan, Erigonani esa oʻlimidan soʻng Zevs Sunbula yulduz turkumiga aylantirganGigin. Mifi 130; Gigin. Astronomiya. II 25, 2. Eratosfenning elegiyasi unga bagʻishlangan (parchalari saqlanib qolgan).

Har yili Afinada Anfesteriya vino festivali boʻlib oʻtadi, unda Ikariya va Erigona qahramonlardek sharaflanadi. Bayramning ikkinchi kuni, Xoes (, „koʻzalar kuni“) kunining oxirida qizlar argʻimchoq uchishadi, balandga osilgan argʻimchoqqa gullardan falloslar ham ilishadi. Argʻimchoq uchish AletidaServiy. Kommentariy k „Georgikam“ Vergiliya II 389 // Kommentariy D. O. Torshilova v kn. ; Perviy Vatikanskiy mifograf I 19 („daydi“) yoki Ayora ( „arqon“, „belanchak“) deyilgan.

1876-yilda kashf etilgan asteroid (163) Erigona nomi bilan atalgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yunon mifologiyasi Turkum:Katasterizmlar Turkum:Attica Afsonalari