Pashtisada (kro  — mol goʻshtidan tayyorlanadigan va Xorvatiyada mashhur boʻlgan maxsus qaylali xorvat milliy taomi. Taom koʻpincha Dalmasiya pashtisadasi deb ham ataladi, chunki u aynan Dalmasiyadan kelib chiqqan. Ushbu taom muhim bayramlar, shu jumladan toʻylar taomnomasining ajralmas bir qismidir. Pashtisada odatda nokki yoki keng enli uy ugrasi bilan birga dasturxonga tortiladi. Pashtisadani Xorvatiya oshxonasining choʻqqisi deb ataydilar.

Retsept Bu eski retseptlarga koʻra, bir necha kun davom pishiriladigan, sabr-toqatni talab qiluvchi, tayyorlash jarayoni koʻp bosqichli goʻshtli taomidir. Pashtisada mol yoki buzoq goʻshtidan tayyorlanadi. Shuningdek, ot va ilvasin goʻshtidan pashtisada tayyorlash mumkin ekanligi ham maʼlum. Birinchi bosqichda goʻsht xushboʻy sirka bilan marinadlanadi. Ikkinchi bosqichda goʻsht boʻlagi qovuriladi. Uchinchi bosqichda, goʻsht sukatlar, koʻp hollarda qora olxoʻri va qalampirmunchoq, muskat yongʻogʻi, dafna yaprogʻi, qalampir kabi ziravorlar, Proshek vinosi qoʻshilgan qaylada pishiriladi. Sabzavotlar pishirgandan soʻng qayla bilan aralashtiriladi. Eski retseptlarda taomni pishirgandan keyin darhol stolga tortmaslik kerakligi aytiladi. Goʻshtni sovutish, toʻrtburchak shaklda kesish, yana bir bor qovurish va gʻalvirdan oʻtkazilgan qayla bilan dasturxonga tortish kerak.

Tarixi Pashtisadaning kelib chiqishi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Dubrovnikda yozilgan eng qadimgi retsept 15-asrga toʻgʻri keladiThe hirshon croatian beef-stew — Pasticada/.

Dalmatiyaning Veliko Brdo qishlogʻida, qirgʻoq boʻyidagi Makarska shahri yaqinida joylashgan Biokovo etagida 30-sentabr kuni nishonlanadigan qishloq homiysi — Avliyo Ieronim kunini nishonlash vaqtida dasturxonga anʼanaviy tarzda pashtisada tortiq etilgan.

Manbalar

Bibliografiya

Marjanovich-Radica, Dika 1988-yil. Dalmatiya oshxonasi. Zagreb: Mladost https://web.archive.org/web/20170510115256/http://gastrodiva.bloger.index.hr/post/pasticada/1026539.aspx Turkum: Xorvatiya oshxona Turkum: go'sht ovqatlarni