Gennadiy Anatolevich Denisov (1960-yil 20-avgustda Oʻzbekistonning Sirdaryo, Sirdaryo viloyatida tugʻilgan) — sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi sifatida maydonga tushadi. Ayni kunda murabbiy. 1982-yilda SSSR sport ustasi boʻlgan. Uning oʻgʻli Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi — Vitaliy Denisov hisoblanadi.

Tarjimai hol Gennadiy 1971-yildan G.Titov nomidagi sport maktab-internati tarbiyalanuvchisi. Boʻlajak futbolchi sportdagi faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan, uning birinchi murabbiyi Viktor Naumenko edi.

Denisovning „Paxtachi“ (Guliston)da birinchi klubi boʻlgan. Futbolchi 1978-1979-yillarda Toshkent „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan. U asosiy jamoada 1979-yil 13-iyunda „Ararat“ (Armaniston) bilan oʻtkazdi va 11-avgust kuni „Dinamo“ Minsk shahriga yoʻl olgan samolyotda jamoaning 17 aʼzosi halok boʻldi. Denisov esa bu mahalda zaxira jamoasi bilan uchib ketgan va shu bilan uning hayoti saqlanib qolgan. Umuman olganda, u „Paxtakor“ safida 13 ta mavsum oʻtkazdi (1986-yil chempionat ikkinchi davrasini MHSK (Markaziy harbiy sport klubi)da oʻtagan, mamlakat chempionatida oʻtkazilgan oʻyinlar boʻyicha 371 ta oʻyin oʻtkazib, jamoa rekordchisiga aylangan. SSSR chempionati ligasida — 177 oʻyin, 3 ta gol urgan).

Andrey Yakubik „Paxtakor“dan ketgach, „Paxtakor“ jamoasini sardori boʻlib qoldi. U maydondagi asosiy oʻrinda chap qanot himoyachisi sifatida boʻlgan. Shuningdek, murabbiylar undan yarim himoyachi, markaziy, orqa himoyachi. oʻrinlarida ham foydalanishgan.

1992-1994-yillarda Vladikavkazning „Spartak“ klubida oʻynagan, u yerda Igor Shkvirin va 1992-yilgi Rossiya chempionati kumush medali sovrindori Mirdjalol Qosimov bilan birga toʻp surgan. Denisov futboldagi faoliyatini Namangan „Navbahor“ jamoasida yakunlab, 1996-yilda Oʻzbekiston chempionati terma jamoasida oʻynagan va 1995—1997-yillarda bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan.

Toshkentning „Sergali“, „Chirchiq“, „Paxtakor“, „Lokomotiv“ jamoalarida murabbiy boʻlgan, keyinchalik Toshkent Chigʻatoydagi futbol maktabiga (Futbol boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi) murabbiy sifatida borgan..

2010-yildan „Olmaliq“ FK bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan.

Gennadiy 2006-yildan „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.)„PAXTAKOR“ FUTBOL JAMOASI TASHKIL ETILGANLIGINING 50 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISHDA ALOHIDA OʻRNAK KOʻRSATGAN SPORTCHI VA MURABBIYLARDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TOʻGʻRISIDA. Yutuqlari 1995—1996-yillarda Oʻzbekiston chempioni, 1994-1995, 1996—1997-yillarda Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori. 1992-yilda Rossiya chempionati kumush medali sovrindori  1989-yilda SSSR Birinchi ligasi kubogi sohibi: 1988-yil (1-final uchrashuvida penaltidan gol urgan).

Manbalar

Havolalar

Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:20-avgustda tugʻilganlar Turkum:Sirdaryo viloyatida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sirdaryo viloyati kishilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 1996 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:AGMK futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar