Husniddin Qilichboyevich Norbekov (tugʻ. 1987-yil 23-may, Navoiy viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-, 2020- va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni. Butunjahon yengil atletika boʻyicha uch karra jahon chempioni va yozgi Paraosiyo oʻyinlarining ikki karra chempioni sanaladi.
Tarjimai hol 2008-yildan oʻzi oʻsgan Navoiy shahrida professional sport bilan shugʻullanishni boshlaydi. 2009-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda ishtirok etganKhusniddin Norbekov Paralympic.org. 2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdiParaaziatskie igri: na schetu sbornoy Uzbekistana 34 medali Gazeta.uz. 2015-yilda Dohada (Qatar) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (XPT- xalqaro patent tasnifi) F37 toifasida disk uloqtirish boʻyicha oltin medal, yadro uloqtirishda esa bronza medali bilan taqdirlanganXusniddin Norbekov zavoeval „bronzu“ ChM v Doxe Aloqada.com.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida disk uloqtirish boʻyicha F37 toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya chempioni boʻldiAthletics – Menʼs Discus F37 Paralympic.org. Yadro uloqtirish bahslarida u oʻz toifasida Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini olishga muvaffaq boʻldiAthletics – Menʼs Shot Put F37 Paralympic.org. Ushbu yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Husniddin Norbekovga "Oʻzbekiston iftixori" unvonini berdiUkaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan, ot 22.09.2016 g. № UP-4846 Lex.uz.
2017-yilda Londonda (Buyuk Britaniya) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (XPT) disk uloqtirishda oltin medal, yadro uloqtirishda kumush medalni oldiChina finish top of medals table as World Para Athletics Championships conclude Insidethegames.biz. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdiZolotaya medal i mirovoy rekord sportsmena Uzbekistana na Paraaziatskix igrax Sports.uz. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida (IPC) yadroni 17,32 metr masofaga uloqtirib, oltin medal sohibi boʻldi va F37 toifasidagi musobaqada jahon rekordini oʻrnatdiPerfect 10 for Durand at World Para Athletics Championships Insidethegames.biz.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F35 toifasida yadroni 16,13 metr masofaga irgʻitib, oltin medalni qoʻlga kiritib, ikki karra Paralimpiya chempioni boʻldiParalimpiada-2020. Xusniddin Norbekov zavoeval „zoloto“ Gazeta.uz. Ayni shu yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xusniddin Norbekovga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvonini berdiO nagrajdenii gruppi sportsmenov i trenerov, dobivshixsya visokix rezultatov na XVI letnix Paralimpiyskix igrax v gorode Tokio Uza.uz.
2024-yilgi Parij Paralipiadasida yengil atletika musobaqasining yadro uloqtirish bahslarida 16.82 metr natija bilan paralimpiada rekordini oʻrnatib oltin medalni qoʻlga kiritdi, uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
Mukofotlari
2024-yil 12-sentyabr kuni yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi boʻlmish Norbekov Xusniddin Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida terma jamoa safida muvaffaqiyatli qatnashib, uch karra paraolimpiya chempioni boʻlgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan .
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari