Shveysariya — Turkmaniston munosabatlari — Turkmaniston va Shveysariya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar. Ikkala mamlakat ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMTning toʻla-toʻkis aʼzolari, shuningdek, betaraflik siyosatiga rioya qilishadiBilateral relations between Switzerland and Turkmenistan.

Tarix Turkmaniston Shveysariya bilan 1992-yil 8-mayda diplomatik aloqalarni oʻrnatgan.

2008-yilda investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim imzolangan.

2011-yil 11-apreldan boshlab Turkmanistonning Shveysariyadagi elchixonasi, shuningdek, Jenevada BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi oʻz faoliyatlarini amalga oshirib kelishmoqdaТуркменистан открывает посольство в Швейцарии.

Shveysariyaning Ozarbayjonda Turkmaniston uchun ham qoʻllaniladigan elchixonasi borEmbassy of Switzerland to the Republic of Azerbaijan and Turkmenistan.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta Shveysariyaga 2012-yil 8-oktabrda tashrif buyurgan. Turkmaniston va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasida daromad va kapital soliqlariga nisbatan ikki tomonlama soliqqa tortilmaslik toʻgʻrisidagi konvensiya, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va Shveysariya Federal tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi IMO va Jeneva xavfsizlik siyosati markazi oʻrtasida, Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi va Shveysariya-Rossiya/MDH qoʻshma savdo palatasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanganВ Берне прошли туркмено-швейцарские переговоры на высшем уровне.

2014-yil 20-noyabrda Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti Dide Burkxalter amaliy tashrif bilan Turkmanistonga kelgan.

Manbalar

Turkum:Turkmanistonning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Shveysariyaning ikki tomonlama aloqalari