Xorvatiya — Turkmaniston munosabatlari — Xorvatiya va Turkmaniston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1996-yilda oʻrnatilgan. Ikkala mamlakat ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va BMTning toʻlaqonli aʼzolari. Hech qaysi mamlakatda doimiy elchi mavjud emas. Tarix Diplomatik aloqalar 1996-yil 2-iyulda oʻrnatilgan boʻlib, davlatlar orasida qoʻshma shartnoma imzolanganDiplomatic relations . Siyosiy munosabatlar Ikki mamlakat oʻrtasidagi faol hamkorlik 2007-yil sentabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 62-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan yigʻinda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Xorvatiya Prezidenti Stjepan Mesichning uchrashuvidan soʻng jadallashdi. Ikki mamlakat oʻrtasida eng yuqori darajadagi muloqot ikki mamlakat prezidentlarining 2008-yil aprel oyida NATO sammiti boʻlib oʻtgan Buxarestdagi uchrashuvi davomida davom ettirildi. Xorvatiya Respublikasi Prezidenti Stefan Mesichning Turkmanistonga rasmiy tashrifi 2008-yil iyul oyida amalga oshirildi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Xorvatiya Respublikasiga rasmiy tashrifi 2009-yil iyun oyida boʻlib oʻtdi. 2014-yil aprel oyida Xoravtiya prezidenti Ivo Josipovic Turkmanistonga davlat tashrifi bilan keldi. Diplomatik vakolatxonalar Xorvatiya Turkmaniston bilan Anqaradagi elchixonasi orqali aloqa qiladi. Iqtisodiy munosabatlar

Manbalar

Turkum:Turkmanistonning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Xorvatiyaning ikki tomonlama aloqalari