Alisher Saidabbosovich Sultonov — oʻzbekistonlik harbiy muhandis va davlat arbobi. 2015—2018-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidentiMOQ tarkbi saylandi, Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2017-2022), Energetika vaziri (2019-2022).

Biografiyasi 1984—1989 — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi.

1989—1991 — Harbiy xizmatda.

1991—1993 — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.

1993—1996 — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.

1996—1998 — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.

1998—1998 — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.

1998—1999 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.

1999—2002 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.

2002—2013 — „Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi“ unitar shoʻba korxonasi direktori.

2013—2018 — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.

2013—2015 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.

2015—2018 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiAlisher Sultonov „Oʻzbekneftgaz“ rahbarligidan ketdi.

2017—2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti.

2018—2019 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.

2017-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.

2019-yil 16-fevraldan 2022-yil 7-iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari — Energetika vaziri.

2020-yildan 2022-yilgacha — Oʻzbekiston baydarka va kanoe sporti federatsiyasi raisihttps://m.kun.uz/news/2020/09/05/alisher-sultonov-rowingcanoe-federatsiyasi-raisi-lavozimiga-saylandi.

2022-yildan 2025-yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi.

Oilasi Otasi — Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovich — Fanlar akademiyasi ishlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.

Oʻgʻli — Sultanov Saidafzal Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili.

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston muhandislari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston MOQ Prezidentlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar