„The Great Preposition Mystery“, toʻliq nomi „The Great Preposition Mystery: Grammar Review for Intermediate/Advanced Students of EFL“ () — Lin Lougheed qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha qoʻllanma. Ilk bor 1981-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligi () tomonidan chop etilgan. Qoʻllanmada ingliz tili predloglari koʻrib chiqilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan boʻlib, ingliz tilini oʻrta hamda yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan.
„The Great Preposition Mystery“ nomiga ingliz tilida predloglarni qoʻllash qoidalari murakkabligini turtki boʻlgan. Muallif predloglarni vazifasiga koʻra turlarga ajratgan. Kitobni Shelley Vance Laflin tahrir qilgan. Asar hikoya tarzida yozilgan va 11 boʻlimga boʻlingan. Har bir boʻlimda ingliz tili predloglari boʻyicha mashqlar keltirilgan. 1988-yilgi nashri Shelley Vance Laflin tomonidan toʻldirilgan.
Manbalar
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar