Oʻzbekiston parlament saylovi (2014—2015)- 2014-yilning 21-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovi boʻlib oʻtgan. Saylovda Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan barcha siyosiy partiyalar (Liberal-demokratik, Milliy tiklanish, Xalq demokratik partiyasi, Adolat sotsial-demokratik partiyasi va Oʻzbekiston ekologik harakati) parlament saylovida ishtirok etish istagini bildirdi. Saylov tizimi Oliy Majlisdagi 150 nafar deputatlik oʻringa, 135 nafar deputat hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi. 15 deputatlik oʻrni esa Oʻzbekiston Ekologik harakatiga berilgan.Siyosiy partiyalar imzo toʻplashni boshladi
Ishtirokchilar
Asosiy sanalar
2014-yilning 15-sentabrida parlament quyi palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha saylov kampaniyasi rasman boshlandi.Oʻzbekistonda saylov kampaniyasi boshlanadi 9-oktabr 2014-yilgi saylovni yoritish boʻyicha respublika matbuot markazida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulugʻbek Abdusalomov jurnalistlarga saylov okruglarini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini shakllantirish, siyosiy partiyalarning boʻlajak parlament saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.Barcha siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berildi 2014-yil 17-oktabr Siyosiy partiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatish boshlandi va 2014-yil 6-noyabrda tugadi.
Saylov natijalari
Tanqidlar Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Turkum:Oʻzbekistonda parlament saylovlari