Karl Hans Albrecht (, 20-fevral, 1920 – 16-iyul 2014) – Germaniyalik milliarder, ukasi Theo Albrecht bilan birga „Aldi“ supermarketlar tarmogʻiga asos solgan. U vafotiga qadar 23 milliard dollar boyligi bilan Germaniyaning eng badavlat kishisi edi Karl Albrecht, LSA Conso, july 22, 2014.

Biografiyasi Karl va Teo Albrecht Germaniyaning Essen shahrida katolik oilasida kamtarona sharoitda oʻsgan„BYOB (Bring Your Own Bag) – Frugal to a fault, discounter Aldi expands in the U. S.“ by Thomas Schuler, The Atlantic Times, March 2009. Ularning otasi Karl konchi boʻlib ishlagan. Ularning onasi Anna Siepmanning Essen shahri chekkasidagi ishchilar mahallasida kichik oziq-ovqat doʻkoni bor edi. Theo va Karl onasining doʻkonida ishlagan. Karl Ikkinchi jahon urushi paytida Vermaxtda xizmat qilgan va Sharqiy frontda yaralangan. Urushdan keyin ular birgalikda onalarining biznesini oʻz zimmalariga olishdi va Albrecht Kommanditgesellschaft tarmogʻiga asos solishdi.

1960-yilda aka-uka sigaret zaxiralash va saqlash borasida kelishmovchilikka duch kelishdi. Theo ularni sotmoqchi boʻlsa-da, Karl doʻkon oʻgʻrilarini jalb qilishiga ishongan. Natijada, ular oʻz doʻkonlarini ikki qismga boʻlishdi, Theo barcha doʻkonlarini Ruhr shimolidagi, Karl esa Ruhrning janubidagi barcha doʻkonlarini saqlab qoldi. Birinchi Aldi (Albrecht chegirmasining qisqartmasi) 1962-yilda ochilgan va ikki guruh mos ravishda Aldi Nord va Aldi Süd nomi bilan tanilganDiekmann, Florian (21 July 2014). „Nachruf auf den Gründer von Aldi und Discount-erfinder“. Der Spiegel (obituary) .

1994-yilda Karl Albrecht oʻzini Aldi Südning kundalik faoliyatidan olib tashladi va 2002-yilgacha boshqaruv kengashi raisi lavozimini egalladi. 2002-yil boshida lavozimdan va firma nazoratidan butunlay voz kechdi. 2010-yillardan boshlab, biznes Karl Albrechtning oila aʼzolari tomonidan boshqarilmaydi.

Karl Albrecht jamoat hayotida deyarli ishtirok etmagan. Forbes jurnalining xabar berishicha, uning ikki farzandi bor edi, ularning hech biri Aldi shirkatida ishlamagan. Xabarlarga koʻra, u Essenda akasi Theo vafotigacha yashagan. 1976-yilda qurilgan oʻzining Öschberghof golf maydonida golf oʻynashni hush koʻrgan.

Oʻlimidan soʻng, Germaniyaning eng boy odami va Yevropaning toʻrtinchi eng boy odami deb topildi.

Manbalar

Havolalar Forbes topic page on Karl Albrecht Obituary in The Independent by Marcus Williamson

Turkum:Germaniya milliarderlari