Ahmad Hamidovich Jabborov (1925-yil, 8-avgust, Namangan – 2018kultura.uz) – musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990), professor (1994). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1943—1945). Musiqa oʻquv yurti (1950—1954), Toshkent kopservatoriyasi (1959—1974)da oʻqituvchi, Toshkent madaniyat institutida dotsent, kafedra mudiri (1974—1987), Oʻzbekiston kopservatoriyasida professor (1994-yildan). Ayni paytda, Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi raisi (1965—1975 va 1987—1992), OʻzSSR Madaniyat ishlari vazirligining Sanʼat bosh boshqarmasi boshligi (1975—1985). Ilmiy ishlari oʻzbek musiqali teatri, oʻzbek bastakor va kompozitorlarining ijodi masalalariga bagʻishlangan. Oʻzbek va rus tillarida „Oʻzbekiston bastakorlari va musiqashunoslari“ (T., 1975; T., 2004) toʻplamlari muallifi. Bir pecha ilmiy anjumanlar (Moskva, 1971; Tunis, 1972; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va boshqalar) ishtirokchisi. „El-yurt hurmati“ ordeni (1999), Jasorat medali (1995) bilan mukofotlanganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Adabiyotlar Manas Leviyep, T., 1986; Musiqali drama na komediya janrlari Oʻzbekiston kompozitorlarining ijodida, T.. 2000.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Jasorat medali sohiblari Turkum:El-yurt hurmati ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzolari Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:8-avgustda tugʻilganlar Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar