Laziz Mamajonovich Zokirov (1976.3.9, Jizzax tumani) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), „Oʻzbekiston iftixori“ (1998). 91 kgdan koʻproq vaznda Oʻzbekiston chempioni (1997, 1998), Osiyo chempionati (1997, Kuala Lumpur) va Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok) bronza medali sovrindori, jahon kubogi gʻolibi (1998, Chong-Ging). Jizzax pedagogika institutini tugatgan (1996), Jizzax shahri bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy (1995-2005), direktor (2005-yildan)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar