Choka pardoz, yorma pardoz — oʻymakorlikda pardoz turi; ganch va yogʻoch oʻymakorligida keng qoʻllanadi. Oʻyma naqshning chetidan markaz tomon qiya qilib chuqur oʻyib borib hosil qilinadi; chuqur oʻyma keskin nursoya oʻyini hosil qilib, naqshga jozibadorlik baxsh etadi. Boʻrtma (relyef) yuzaga ishlov berishda boshqa pardoz turlariga nisbatan ustalar (ayniqsa, Fargʻona, Toshkentda) keng qoʻllaydi; Choka pardoz ustalar tomonidan yorma pardoz ham deb ataladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Choka pardoz · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.