Cholota qoʻrgʻoshin-rux koni — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi kon. Oltintopgan shaharchasidan 1,5 km gʻarbda, Qoramozor (Qurama togʻlarining gʻarbiy tarmogʻi) ning jan.gʻarbiy qismida joylashgan. 1940-yilda ochilgan. Uning geologik tuzilishida terrigen, choʻkindivulkanogen, karbonat hamda choʻkindivulkanogen yotqiziqlar mavjud. Cholota rudali maydoni Cholota, Oltintopgan va Otquloq yoriqlaridan hosil boʻlgan tektonik blokni tashkil qiladi. Qoʻrgʻoshinrux ruda minerallari, asosan, skarnlar ichidan oʻrin olgan. Ruda tarkibida, asosan, pirit, pirrotin, sfalerit, galenit, xalkopirit, baʼzan magnetit, gematit va boshqa bor. Konda, qoʻrgʻoshin va ruxdan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan kumush, kadmiy mavjud. Ruda jismlarining uz. 200–700 m, qalinligi 4,4—7,2 m. Qoʻrgʻoshinning tarkibi: rudali tanalarda 2,12% dan 0,96% gacha.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Cholota qoʻrgʻoshin-rux koni · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.