Toshkent issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri. Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan. Stansiya qurilishi 1961-yil yanvarda boshlangan. Birinchi energiya bloki 1963-yilda, oxirgi — 12-blok esa 1971-yilda ishga tushirilgan. Stansiyaning umumiy quvvati 1860 MVtni tashkil etganToshkent issiqlik elektr stansiyasi, Toshkent IES rasmiy sayti.
Stansiyada har biri soatiga 500 tonna bugʻ ishlab chiqarish quvvatiga ega agregatlar oʻrnatilgan. Agregatlarning bugʻ bosimi 140 atm, harorati esa 545 °C ni tashkil etadi. Har bir agregatning quvvati 160 MVt boʻlgan. 1975-yilda stansiya sanoat ekspluatatsiyasiga qabul qilingan.
Asosiy yoqilgʻi sifatida tabiiy gaz, zaxira yoqilgʻi sifatida esa mazutdan foydalaniladi. Suv bilan taʼminlash tizimi kanal, sohil nasos stansiyalari, bosimli quvurlar va ishlatilgan suvni chiqarib yuboruvchi yopiq kanallardan iborat. Suv Boʻzsuv kanalidan olinadi.
2015-yilda stansiyada 370 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz qurilmasi foydalanishga topshirildi. Qurilma 241 MVt quvvatli gaz turbinasi va 131 MVt quvvatli bugʻ turbinasidan iboratNovaya parogazovaya ustanovka vvedena v stroy na Tashkentskoy TES, Anhor.uzNa Tashkentskoy TES postroena parogazovaya ustanovka moщnostyu 370 MVt, „Turbini i Dizeli“.
Stansiya Toshkent shahri va uning atrofidagi hududlar isteʼmolchilarini elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydi hamda Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimiga ulangan. Elektr energiyasi 110, 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari orqali uzatiladi.
2003-yilda stansiyada 9345,7 mln kVt·soat elektr energiyasi va 273,9 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston issiqlik elektr stansiyalari