Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) — Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent shahrida joylashgan davlat tadqiqot universiteti hamda iqtisodiyot, moliya, biznes, boshqaruv va soliq sohalarida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasasi. 1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan universitet Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Universitetning tarixi Turkiston xalq universiteti huzurida 1918-yilda tashkil etilgan savdo sohasi mutaxassislarini tayyorlash kurslariga borib taqaladi. XX asr davomida muassasa bir necha bor qayta tashkil etilib, Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti va Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomlari ostida faoliyat yuritgan. 1991-yilda unga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nomi berilgan.
TDIU bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida taʼlim dasturlarini amalga oshiradi hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlaydi. Universitet tarkibiga fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot markazlari, akademik litsey va texnikumlar kiradi. 2024-yilda universitet qayta tashkil etilib, uning tarkibiga Toshkent moliya instituti va Fiskal institut qoʻshilgan.
Bugungi kunda TDIU Oʻzbekistonda QS World University Rankings, QS Asia University Rankings, QS by Subject, QS Sustainability va Times Higher Education kabi yetakchi xalqaro reytinglarda barqaror oʻsish koʻrsatayotgan, shuningdek Markaziy Osiyoda QS Stars 5 yulduzli baholovga ega ikkinchi oliy taʼlim muassasasidir.
Tarixi Tashkil etilishi tarixi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarixi 1918-yilda Turkiston xalq universitetida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etilishi bilan boshlangan.
1924-yilga kelib ushbu kurslar negizida universitet qoshida ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti ochilgan. Mazkur tuzilma 1925-yilda Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirilib, uning tarkibida mahalliy iqtisodiyot va huquq fakulteti faoliyatini boshlagan.
Oʻzbekistonda iqtisodiy taʼlimni tizimlashtirish maqsadida 1931-yilda Toshkentda rejalashtirish institutini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Ushbu muassasa keyinchalik Oʻrta Osiyo davlat savdo va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan yuritila boshlangan. Shu yilning 13-avgustida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti ham tashkil etilib, keyinchalik u Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Olmaotaga evakuatsiya qilingan Leningrad hisob-iqtisod instituti 1946-yilda Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga qoʻshilgach, muassasada kredit-iqtisod hamda buxgalteriya hisobi-iqtisod fakultetlari ochilgan. 1947-yilda tashkil etilgan rejalashtirish-iqtisod fakulteti Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida sanoat hamda qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlashni boshlagan.
Iqtisodchilarni bevosita ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqitish maqsadida 1948-yilda kechki, 1955-yilda esa sirtqi fakultetlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Sirtqi boʻlim keyinchalik umumiy iqtisodiyot hamda buxgalteriya hisobi va moliya mutaxassisliklariga ajratilgan.
Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti deb qayta nomlangan va 1991-yilgacha shu nom ostida faoliyat koʻrsatgan.
Oʻquv jarayonlarini kengaytirish doirasida 1967-yilda tayyorgarlik kurslari, 1970-yilda esa tayyorgarlik boʻlimi ochilgan. 1968-yilda tashkil etilgan iqtisodiy kibernetika fakultetida matematik fanlar ulushini oshirish hisobiga talabalarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari mustahkamlangan.
1970-yilda savdo-iqtisod fakulteti tashkil etilib, keyinchalik amaliy fanlarni olish maqsadida biznes yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari kengaytirilgan, bu esa institut tomonidan tayyorlanayotgan kadrlar assortimentini sezilarli darajada oshirgan.
Institutning hududiy tarmoqlari ham rivojlanib, 1973-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinatida kechki fakultet tarkibida filial, biroz vaqt oʻtgach esa Samarqand va Qarshi oʻquv-maslahat markazlari, Andijon va Qoʻqon filiallari hamda umumiy iqtisodiy sirtqi fakultetning yangi boʻlimlari ochilgan. 1981-yilda esa savdo-iqtisod fakultetidan ajralib chiqqan mehnat va taʼminot iqtisodiyoti fakulteti tashkil etilgan.
Universitet maqomi va zamonaviy davr Oliy taʼlim muassasasi 1991-yil 19-iyundan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nomini olgan. Tarkibiy qismini kengaytirish maqsadida 1993-yilda Samarqand shahrida universitet filiali ochilganOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi „Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish toʻgʻrisida“ 438-son qarori. 1999-yildan boshlab esa magistratura tashkil etilganToshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistratura tashkil qilinishi .
Hozirgi kunda universitet tarkibida iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit, turizm, menejment va raqamli iqtisodiyot kabi fakultetlar, magistratura va sirtqi boʻlim hamda 24 ta kafedra mavjud. Universitet qoshida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi, axborot-resurs markazi, axborot texnologiyalari markazi hamda universitet tarixi muzeyi faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 7-fevraldagi qaroriga binoan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tubdan qayta tashkil etildi. Ushbu islohot doirasida Toshkent moliya instituti hamda Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut universitet tarkibiga birlashtirilgan, natijada universitet talabalari soni qariyb ikki baravar oshib, ~48 653 nafarga yetdi.
Taʼlim yoʻnalishlari Kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari + Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2025/2026 oʻquv yili — bakalavriat kunduzgi taʼlim shakli Shifr Taʼlim yoʻnalishi Oʻtish bali (davlat granti) Oʻtish bali (toʻlov-kontrakt) Oʻzbek Rus Oʻzbek Rus 60410100 Iqtisodiyot 185.50 185.70 169.30 157.40 60410200 Buxgalteriya hisobi 181.60 182.40 148.20 127.30 60410300 Soliqlar va soliqqa tortish 178.00 178.90 126.40 114.70 60410500 Moliya va moliyaviy texnologiyalar 184.10 184.60 157.20 140.60 60410600 Bank ishi 182.40 182.40 157.50 131.40 60410700 Statistika 170.50 — 120.90 — 60410800 Menejment 179.10 179.30 140.80 135.50 60410900 Biznesni boshqarish 180.20 180.20 135.70 130.00 60411000 Inson resurslarini boshqarish 169.90 — 114.40 — 60411100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 186.80 186.80 173.20 161.40 60411200 Marketing 175.10 175.30 130.80 124.20 60411300 Savdo ishi 174.30 — 120.00 — 60610100 Axborot tizimlari va texnologiyalari 151.00 163.50 106.90 66.60 60610200 Axborot xavfsizligi 166.70 173.30 131.10 70.70 60610500 Sunʼiy intellekt 149.90 152.20 91.50 59.80 61010100 Turizm va mehmondoʻstlik 162.80 169.80 126.80 128.80 61010400 Logistika 168.80 — 116.70 —
Masofaviy taʼlim yoʻnalishlari + Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2025/2026 oʻquv yili — bakalavriat masofaviy taʼlim shakli Shifr Taʼlim yoʻnalishi Oʻtish bali (toʻlov-kontrakt) Oʻzbek Rus 60410100 Iqtisodiyot 112.70 116.00 60410200 Buxgalteriya hisobi 82.10 98.20 60410300 Soliqlar va soliqqa tortish 59.80 74.00 60410500 Moliya va moliyaviy texnologiyalar 79.10 102.10 60410600 Bank ishi 93.50 102.10 60410700 Statistika 56.70 — 60410800 Menejment 74.80 95.00 60410900 Biznesni boshqarish 75.90 102.00 60411000 Inson resurslarini boshqarish 56.80 — 60411200 Marketing 76.90 104.30 60411300 Savdo ishi 56.80 — 61010100 Turizm va mehmondoʻstlik 78.90 99.00 61010400 Logistika 65.50 —
Kechki taʼlim yoʻnalishlari + Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2025/2026 oʻquv yili — bakalavriat kechki taʼlim shakli Shifr Taʼlim yoʻnalishi Oʻtish bali (toʻlov-kontrakt) Oʻzbek Rus 60410100 Iqtisodiyot 154.70 130.20 60410200 Buxgalteriya hisobi 138.80 118.70 60410500 Moliya va moliyaviy texnologiyalar 142.60 122.20 60410600 Bank ishi 143.50 121.30 60410800 Menejment 135.40 120.40 60410900 Biznesni boshqarish 131.30 — 60411000 Inson resurslarini boshqarish 119.20 — Qoʻshma taʼlim dasturlari Hozirgi kunda universitet dunyoning turli mintaqalaridagi 14 ta yetakchi oliy taʼlim muassasasi bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirmoqda: London universiteti (University of London) — Buyuk Britaniya IMC Krems University of Applied Sciences — Avstriya (QS: 941, THE: 1001–1500) Praga menejment va texnologiya universiteti — Chexiya Respublikasi Universitas Pendidikan Indonesia — Indoneziya (QS: 951–1000) Ural davlat iqtisodiyot universiteti — Rossiya Federatsiyasi Belarus davlat universiteti — Belarus Respublikasi M. Risqulbekov nomidagi Iqtisodiyot va tadbirkorlik universiteti — Qirgʻiziston Respublikasi Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti — Tojikiston Respublikasi Padjadjaran universiteti — Indoneziya (QS: 515) Moliya universiteti (Rossiya Federatsiyasi hukumati huzurida) (QS: 1001–1200) Rossiya milliy tadqiqotlar yadro universiteti (MEPhI) (QS: 591) Uxan universiteti (Wuhan University) — Xitoy (QS: 165) Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (QS: 1001–1200) Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi — Rossiya Federatsiyasi
Ushbu taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda hamkor universitetning ikki tomonlama (dual) diplomiga ega boʻladilar.
Reytinglar Universitet QS Stars 5 yulduziga ega boʻlgan Markaziy Osiyodagi ikkinchi va Oʻzbekistondagi birinchi oliy taʼlim muassasasidir. 2025-yil mart oyida universitet birinchi marta QS by Subject reytingida "Ijtimoiy fanlar va menejment" yoʻnalishi boʻyicha "Iqtisodiyot va ekonometrika" sohasida jahonning TOP-500 universitetlari qatoriga — 401–450-pogʻonalarga kirgan.
+ Xalqaro reytinglardagi oʻrinlar Reyting 2023 2024 2025 2026 Izoh QS World University Rankings — — 1001–1200-oʻrin 1201–1400-oʻrin 2026-yil 18-iyun holatiga koʻra QS World University Rankings (Bitiruvchilarning ishga joylashishi) — — — 660-oʻrin Graduate Employability Outcomes koʻrsatkichi QS Asia University Rankings — 451-450-oʻrin 357-oʻrin 274-oʻrin Oʻzbekistonda 3-oʻrin, Markaziy Osiyoda 15-oʻrin (2025-yil nashr) QS Sustainability Rankings — 1161-1180-oʻrin 951-oʻrin — Boshqaruv sifati (Governance) koʻrsatkichi boʻyicha; barqaror rivojlanish boʼyicha jahondagi yetakchi universitetlar reytingi QS by Subject (Iqtisodiyot va ekonometrika) — — 401–450-oʻrin 251-300-oʻrin Iqtisodiyot va ekonometrika fanlarini oʻqitish borasida dunyo reytingi Times Higher Education (THE) (Universitetlarning barqaror rivojlanish reytingi) 1001+oʻrin 801–1000-oʻrin 401–600-oʻrin 101-200-oʻrin Universitetlarning barqaror rivojlanish reytingi THE Interdisciplinary Science Rankings — — — 201–250-oʻrin Fanlararo ilmiy tadqiqot faoliyati boʻyicha UI Greenmetric 365-oʻrin 300-oʻrin 250-oʻrin — Ekologik barqarorlik sohasida Oʻzbekistonda 1-oʻrin Webometrics — — — Oʻzbekistonda 1-oʻrin Raqamli makondagi faollik boʻyicha uniRank — — — Dunyoda 5154-oʻrin (Oʻzbekistonda 1-oʻrin) Umumiy internet mavjudligi va institutsional koʻrsatkichlar asosida QS Stars Oʻzbekistonda birinchi, Markaziy Osiyoda ikkinchi 5 yulduzli universitet
Ilmiy faoliyat Ilmiy salohiyat