Daniel Nathans (30-oktyabr 1928, Uilmington shahri – 16-noyabr 1999, Baltimor) — amerikalik genetik, tibbiyot doktori (1954-yildan). Delover shtati universitetini tugatgan (1950). 1972-yildan Jon Gopkisn universiteti tibbiyot fakulteti mikrobiologiya boʻlimi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar biologiyaga oid. Restriksion enzimlar (fermentlar) kashf etgan va ularni molekulyar genetikada qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1978, X. Smit bilan hamkorlikda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:30-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:16-noyabrda vafot etganlar Turkum:1999-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari