Msxeta ()— Gruziyadagi shahar. Aragvi daryosi Kura daryosiga quyiladigan joyda. Gruziya harbiy yoʻli yoqasida, Temir yoʻl stan-siyasi. Aholisi 7606 kishi (2014)Административно-территориальные единицы Грузии . , "Promsvyaz", taxta tilish, keramika zavodlari, trikotaj fabrikasi, oziq-ovqat, mahalliy sanoat korxonalari, Msxeta muzey-qoʻriqxonasi, teatr bor. M. Gruziyaning qad, shahri. Miloddan avvalgi 1ming yillikning 2-yarmida vujudga kelgan. M. V asrning oxirigacha Sharqiy Gruziya davlati — Kartli (Iberiya)ning poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda M.muhim shahar, savdohunarmandchilik va, ayniqsa, diniy markaz boʻlib qoddi. Arxeologik yodgorliklardan Svetitsxoveli va Samtavro soborlari (XI asr) mavjud. Jvari ibodatxonasi (6-a oxiri —7 a. boshlari) saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Muqaddas shaharlar