Abduqodir Murodov (1893 – Toshkent – 1974-yil, 3-iyun) – xattot, sharqshunos olim. Abulqosim madrasasida tahsil koʻrgan (1907—17). Dastlab oʻqituvchi, keyin Oʻzdavnashrda xattot boʻlib ishlagan. Navoiy yubileyi qoʻmitasida ilmiy xodim (1940—42), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1944-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, xattot boʻlib ishlagan. Institut fondidagi qoʻlyozmalarni oʻrganish, tartibga keltirish, muallifi va kotibini aniqlashda katta xizmat qilgan, institut fondidagi qoʻlyozmalarga mualliflar katalogini tuzgan. 30 ga yaqin kitob koʻchirgan. Arab tilidan Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ (1—3jildlar)ni, arab adabiyotidan namunalar, Yoqut Hamaviyning „Muʼjam ul-buldon“ („Mamlakatlar lugʻati“) asarining Oʻrta Osiyo tarixi va geografiyasiga oid qismini tarjima qilgan.

Manbalar Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971.

Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1893-yilda tugʻilganlar Turkum:1974-yilda vafot etganlar Turkum:6-martda vafot etganlar Turkum:Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Abulqosim madrasasida tahsil olganlar Turkum:Tarjimonlar Turkum:Xattotlar Turkum:Oʻzbekistonlik sharqshunoslar