Muzrabotsoy (oʻrta oqimida Kampirtepasoy) — Surxondaryo viloyati Sherobod va Muzrabot tumanlari hududidagi soy. Koʻhitang togʻining janubi-sharqiy yon bagʻridan (3139 m) boshlanadi. Uzunligi 62 km, havzasining maydoni 126 km². M.ning bosh qismi Machaylisoy deb yuritiladi. Bahorda unga umumiy uz. 63 km boʻlgan 30 ga yaqin soy qoʻshiladi. M.ning yirik irmoklari Tomchilisoy, Anjirbuloq. M.dan Sherobod choʻlidagi xoʻjaliklar suv oladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi daryolar Turkum:Surxondaryo viloyati