Anton Semyonovich Makarenko (; 1888-yil 13-mart, Ukraina — 1939-yil 1-aprel, Moskva) — pedagog va yozuvchi.

Hayoti Anton Semyonovich Makarenko 1888-yilning 13-martida Ukrainaning Sumi viloyati Bilopiliya shahrida tugʻilgan. 1917-yilda Poltavadagi oʻqituvchilar institutini tugatgan. 1920–1930-yillarda Poltava shahri yaqinidagi voyaga yetmagan qonunbuzar bolalar mehnat koloniyasiga Harkov yaqinidagi bolalar mehnat kommunasiga rahbarlik qilgan.

Makarenko pedagogik amaliyotida qonunbuzar bolalarni ommaviy qayta tarbiyalash tajribasini amalga oshirgan. Jamoada tarbiya berish nazariyasi va metodikasini, oilaviy tarbiya nazariyasini ishlab chiqqan. “Pedagogik poema” (1935), “Minoralardagi bayroqlar” (1938), “Oʻttizinchi yil marshi” (1932), “Ota-onalar kitobi” (1937) asarlari va bir qancha pedagogik maqolalar muallifi. 1939-yil 1-aprelda Moskvada vafot etgan.

Asarlari

Pedagogik poema (; 1935-yil); “Minoralardagi bayroqlar” (; 1938); “Oʻttizinchi yil marshi” (; 1932); Ota-onalar kitobi (; 1937).

Manbalar

Havolalar

Turkum:1888-yilda tugʻilganlar Turkum:1939-yilda vafot etganlar Turkum:13-martda tugʻilganlar Turkum:1-aprelda vafot etganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Pedagoglar