Mavj:
Mavj (oʻlik toʻlqin) — okean yoki dengiz yuzasining toʻliq shamolsizlik holatdagi erkin tebranma harakati. Mavj (bezak) — 1) toʻlqinsimon bezak; oʻymakorliqda naqsh yuzasiga baliq tangachalari koʻrinishida pardoz berish; 2) turlicha terish orqali hosil qilinadigan gʻisht qalamasi: gʻishtlar orasiga qiya terilgan qator; gʻisht dandanalarida har xil boʻylama shakllar.