Shuaro surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi U Qurʼonning Alloh tomonidan nozil qilingan (ochiq oyatlardan) iborat eslatma ekanini taʼkidlash bilan boshlanib, paygʻambar alayhissalomga mushriklarning iymonsizliklaridan qaygʻurmaslik kerakligini uqtiradi va ular yaqinda — Qiyomat kunida Allohning azobiga duchor boʻlishlari haqida xabar beradi.

Bu surada ham avval oʻtgan ayrim paygʻambarlar haqida hikoya qilinib, ularning barchalari bir narsaga — yakka-yu yagona Allohga iymon keltirib, U zotning Oʻzigagina itoat etishga daʼvat qilinganlari aytiladi va ularni yolgʻonchi qilgan kimsalarning topgan oqibat-halokatlari tasvirlanadi.

Sura nihoyasida soʻz yana Qurʼonga qaytib, uning jinlar keltirgan choʻpchak yo shoirlar bitgan sheʼr emas, balki Alloh tomonidan Jabroil farishta vositasida ochiq arab tilida nozil qilingan ilohiy Kitob ekanligi taʼkidlanadi.

Bu suradan Tangri taoloning shoirlar haqidagi oyatlari ham oʻrin olgani sababli u "Shuaro" surasi deb atalgandir.

Shoirlar haqida Manbalar