Langar () — Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Xatirchi tumaniga qarashli shaharcha (1942-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Zirabulok, (66 km). Aholisi 3,2 ming kishi (2002). Asosan, konda ishlovchi ishchi va xizmatchilar yashaydi. Buloklardan suv bilan taʼminlanadi. Umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, aloqa bulimi, savdo, maishiy xizmat kursatish shoxobchalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Xatirchi tumani shaharchalari