Tjalling Koopmans (1910.28.8, Niderdandiya — 1985.26.2, AQSH) — amerikalik iqtisodchi va matematik. Leyden universitetida matematik statistika va uning iqtisodiyotga tatbigʻi boʻyicha doktor (1936). Priston va Nyu-York, Chikago, Garvard, Yel universitetlarida iqtisodiyot professor (1955—81). Ekonometrika jamiyati (1950) va Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasi (1978) prezidenti. K. chiziqli dasturlashtirish usulini yaratdi va uni anʼanaviy mikroiqtisodiy nazariya bilan bogʻladi, raqobatli iqtisodiyot sharoitlarida resurslar allokatsiyasi modelini ilgari surdi. Oʻz qarashlarini "Mahsulotlarni tayyorlash va taqsimlashda faoliyat turlari tahlili" (1951), "Iqtisodiyot fanining axvoli toʻgʻrisida uch ocherk" (1957) asarlarida bayon etgan. K. optimal iqtisodiy oʻsish nazariyasiga va ekonometriya nazariyasiga muhim hissa qoʻshdi. Milliy daromadni investitsiyalar va isteʼmol oʻrtasida zamon (vaqt)da optimal taqsimlashga oid bir qancha muhim teoremalarni yaratdi. Nobel mukofoti laureati (1975; Leonid Kantorovich bilan birga)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Matematiklar Turkum:26-fevralda vafot etganlar Turkum:28-avgustda tugʻilganlar Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik olimlar