thumb Krestoviy dovoni, Gudauri dovoni () — Katta Kavkazning Suvayirgʻich tizmasi orqali Terek daryosi vodiysidan Aragvi daryosi vodiysiga oʻtiladigan dovon. Balandligi 2379 m. Krestoviy dovoni orqali Gruziya harbiy yoʻli (Vladikavkaz — Tbilisi) oʻtadi. Nomini, dovondan oshish nuqtasini belgilash uchun 1824-yilda oʻrnatilgan tosh butdan olgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Gruziya geografiyasi Turkum:Dovonlar