Konstansa — Ruminiyaning janubi-sharqiy qismidagi shahar, Konstansa judetsining maʼmuriy markazi. Atrofidagi kurort rayonlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Mamlakatning Qora dengiz sohilidagi muhim porti (yuk ortib-tushirish yiliga 15 mln. t). Konstansa va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 342,2 ming kishi (1998). Mashinasozlik, xususan, kemasozlik — yetakchi sanoat tarmogʻi. Konstansa — jun sanoatining yirik markazlaridan. Oziqovqat, tikuvchilik, qurilish materiallari, sellyuloza-qogʻoz, mebel sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Baliq ovlash bazasi. Arxeologiya va badiiy muzeylar, teatr bor. Xalqaro ahamiyatdagi kurort shahar. Konstansa oʻrnida miloddan avvalgi VI asrgacha yunonlar polney boʻlgan, 1878-yildan Ruminiya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan antik davrga xos turar joy, bazilika qoldiqdari (V—VI asrlar), masjidlar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aholisi
Yil Aholi 1853 5 200 1879 10 419 1900 13 000 1910 27 000 1930 59 000 1950 80 000 1970 172 000 1985 319 000 1992 350 581 2002 310 471 2006 306 200 2007 304 900 2008 303 712 2009 302 171
Manbalar