Qunaytira () — Marokashning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Qunaytira provinsiyasining maʼmuriy markazi. Axrlisi 292 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Sanoat-transport markazi. Sabu daryosining Atlantika okeaniga quyilish joyidagi port; chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va mineral xom ashyolar chiqariladi. T.-yil stansiyasi. Oziq-ovqat (sabzavot konservasi va un tortish), toʻqimachilik, metallsozlik va kimyo sanoati korxonalari bor. Q. yaqinidan neft olinadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Marokash shaharlari