Nizomiddin Mamadaliyevich Maxmudov (1951-yilda tugʻilgan) — filologiya fanlari doktori, professor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻzbek kafedrasining sobiq mudiri. Hozir OʻzR FA Alisher Navoiy nomli Til va adabiyot instituti direktori. Tilshunoslik, adabiyotshunoslik, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha izlanishlar olib borgan. Nashr etilgan 300 ga yaqin asarlarining qirqdan ortigʻi alohida kitoblardir. Bir qator ilmiy ishlari AQSH, Turkiya, Ozarbayjon kabi xorijiy malakatlarda chop etilgan.

„Soʻz estetikasi“(1981), „Oʻzbek tilidagi sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya“ (1984), „Gapda forma va mazmun“(1984), „Oʻzbek tilda ish yuritish“(1990), „Oʻzbek tilini oʻrganamiz. Rasmli lugʻat“ (1991), „Til va madaniyat“(1992), „Oʻzbek tilining mazmuniy sintaktikasi“(1992), „Turkcha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-turkcha lugʻat“(Toshkent,1993; Anqara,1998),Oʻzbek tilining nazariy gramatikasi. Sintaksis"(1995), „Oʻzimiz va tilimiz“(1997), „Til“(1998), „Maʼrifat manzaralari“(1999), „Komillik kaliti. Maʼnaviyatdan oʻzbekcha-ruscha-ingilizcha lugʻat“(1999, 2006), „Oʻqituvchi nutqi madaniyati“(2009), „Tilimizning tilla sandigʻi“(2011) kabi kitoblar shuningdek, oʻrta maktablarning V-IX sinflari uchun „Ona tili“ dasrliklari muallifidir. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi islohotlar samarasini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining koʻp qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat va sanʼat sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻqituvchilari Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari