Amin Qahqorovich Karimov (15-mart 1936-yil, Buxoro – 16-mart 2006-yil, Buxoro) – dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent konservatoriyasining gʻijjak sinfini tugatgan (1958). Buxoro teatri (1952—1953) va Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1955—1958) da sozanda; Buxoro musiqa maktabida (1959—1965), Termiz musiqa bilim yurtida (1965—1973, 1988—1995) direktor; 1973—1988-yillarda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida direktor va bosh dirijyor. „Jon qizlar“ (Boyseitov), „Sevmaganga suykanma“ (N. Xalilov), „Oʻjarlar“, „Momo yer“ (I. Akbarov), „Vatan ishqi“, „Nurxon“ (S. Boboyev), „Qizil durrali nozik niholim“, „Toshkentning nozanin malikasi“ (M. Leviyev), „Maysaraning ishi“ (S. Yudakov) kabi spektakllarga dirijyorlik qilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:15-martda tugʻilganlar Turkum:2006-yilda vafot etganlar

Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:1953-yilda vafot etganlar