Ismoilli () — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1967-yildan). Katta Kavkazning janubiy yon bagʻri etaklarida joylashgan. Myusyusli temir yoʻl stansiyasi (Tbilisi — Boku yoʻnalishi)dan 47 km. Aholisi 12,3 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, asfalt zavodi bor OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Tarixi Bu hudud miloddan avvlagi II asr oxiri yoki I asr oʻrtalarida Kavkaz Albaniyasi tarkibiga kirgan. Albaniyaning chap qirgʻogʻi hududida bir qancha yirik aholi punktlari boʻlgan, ular orasida VI-VII asrlarga oid Javonshir qalʼasi hozir Ismoilli yaqinida, Toliston qishlogʻida joylashgan, qal’a Gardman va Albaniya hukmdori Javonshir nomi bilan atalgan, Kirdyman qal’a nomi bilan ham tanilgan.

1859—1864-yillarda viloyatning idora tavsifi boʻyicha tuzilgan Boku guberniyasining 1870-yildagi aholi punktlari roʻyxatiga koʻra, Ismoilli qishlogʻida sunniy ozarbayjonlardan (XIX asr — XX asr boshlarida Rossiya imperiyasida ozarbayjonlar „tatarlar“ deb atalgan) tashkil topgan 950 kishidan iborat 212 ta xonadon boʻlgan.

Ismoilli 1959-yil 24-avgustda shahar tipidagi aholi punkti, 1967-yilda esa shahar maqomini olganВедомости Верховного Совета СССР. № 35 (967), 1959 г..

2012-yil dekabrdan boshlab Ismoilli tumanining Mijon, Gazli qishloqlari mustaqil aholi punktlari sifatida tugatildi. Ular Ismoilli shahrining maʼmuriy hududiga qoʻshib yuborildi.

Aholisi 1921-yilgi Ozarbayjon qishloq xoʻjaligi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ozarbayjon SSR Koʻkchoy uyezdidagi Ismoilli qishloq jamoatining Ismoilli aholi punktida 875 kishi (156 xonadon) va asosan ozarbayjon turklari istiqomat qilgan.

2009-yilgi maʼlumotga koʻra, shahar aholisi 15 004 kishini tashkil qilgan. Aholining aksariyatini ozarbayjonlar tashkil qiladi, shu bilan birga lezginlar, ruslar, tatlar, xaputlinlar (krizlar) kabi oz sonli etnik guruhlar istiqomat qiladi, qachonlardir togʻlik yahudiylar ham yashagan.

Qardosh shaharlari Rishton, Oʻzbekiston (2018) Kiryat Bialik, Isroil (2018) Itō, Yaponiya

Manbalar

Havolalar Ismoilli Ijroiya hokimiyatiga havola Ivanovka.net (ru)

Turkum:Ozarbayjon shaharlari Turkum:Ismailli tumani aholi punktlari