Mustaqil ish Abdurashidov Qilichbekthumb|Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatining xaritasida Zarautsoy yodgorligi joylashgan hudud Zarautsoy rasmlari – Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi qoyatosh rasmlar. Hisor tizmasining janubi-gʻarbida joylashgan. Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻridagi Zarautsoy darasidagi ungir va kamar toshlariga ishlangan ibtidoiy sanʼatning nodir namunalaridan hisoblanadi. Zarautsoy Surxondaryo viloyatida, Termiz shahridan 100– 110 km shimoli-gʻarbda joylashgan. 1912-yilda I. Fyodorov tomonidan topilgan. Arxeolog G. Parfyonov (1940—1945), keyinchalik A. Roginskaya (rassom), A. Formozov, A. Kabirovlar tomonidan oʻrganilgan. 200 dan ortiq rasmlar mezolit, neolit va keyingi davrlarga mansub. Rasmlar chizma tarzida kontur va soya uslubida qizil angob (oxra) bilan chizilgan. Zarautsoyda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Hayvonlar (yovvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi choʻchqa, burama shoxli echki, jayran, togʻ echkisi, hasharotlar), turli buyumlar (oʻqyoy, nayza, oʻroqsimon qurollar), niqoblangan odamlar va boshqa oʻziga xos tarzda hayotiy qilib ishlangan rasmlar mavjud. Zarautsoy ibtidoiy sanʼatning noyob yodgorligi sifatida yodgorliklarni muhofaza qilish qizil kitobiga kiritilgan. Zaraut soyi thumb|100x|Markaziy kamardan Zaraut soyining koʻrinishi. Oldinda muallif.1970-yil Hisor togʻ tizmasining davomi boʻlgan Koʻhitang togʻi bagʻridan sizib chiquvchi buloqlar koʻp boʻlib, uning eng yuksak tik devorini eslatuvchi Rez deb ataladigan joyining biqinidan chiqqan chashma suvi jilgʻa hosil qilib oʻziga yoʻl ochadi. Jilgʻa Katta va Kichik Qoʻrchiq togʻlari oraligʻiga borib, oʻnlab buloqlar suvi qoʻshilgan daryochaga quyiladi. Togʻdagi tor oʻzandan soʻng adirliklarga chiqqan Zaraut soyi Qizilolmasoyga qoʻshiladi va ikki soyning Qorabogʻ, Maydon, Loyliq qishloqlari ekinzorlariga borgan suv oxiri Sherabot daryosiga kelib qoʻshilib ketadi.

Zaraut soyining Katta va Kichik Qoʻrchiq oraligʻida kengaygan havzasi rosmana kichik togʻ vodiysi hisoblanadi. Oqayotgan daryoning ikki tomoni balandliklariga qiyalab koʻtariluvchi togʻ yon bagʻirlarida tut, yongʻoq daraxtlari, bilinar-bilinmas oʻrni qolgan choldevorlar, uzun-uzun toshqalamlar oʻrni koʻrinadi.

Zaraut qishlogʻi Zaraut qishlogʻining asosiy qismi daraxtzorlardan iborat oʻrik, bodom, yongʻoq, gilos, olma, behi, anjir, tut kabi mevali bogʻlari archazorlarga tutashib ketadi. Zarautda, ayniqsa, Begimqul bobo, Xolmirza bobo, Mulla Rahmon, usta Abdulla, Safarlar chorbogʻlari obod boʻlgan kishilar hisoblanishadi. Hozirgi vaqtda qishloqda mevali daraxtlarning soni kamaygan boʻlib, ularning oʻrnini archa, zarang, yovvoyi doʻlana daraxtlari egallagan.

Qishloqqa dastlab qachon asos solinganini hech kim aytib bera olmaydi. Chor-atrofi oʻtib boʻlmas togʻu toshdan iborat tabiiy qal’a- Zarautga kirish yoʻli hisoblangan. Va bunday kirish yoʻllari ikkita boʻlgan.

Zaraut qadimiy konchilik va hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlgan. „Koʻpkaritaxti“ tekisligidan ikkita, Koʻksoyda ikkita, Choʻchqabuloqda bitta, lalmi etagida bitta- jami 6 ta xumdonda (qoldiqlari hozir ham saqlanib qolgan) bir qavat zaraut koʻmiri, bir qavat ruda tosh qalab, olov yoqib, choʻyan va temir eritganlar. Zarautliklarning tarificha: qadimda choʻyan va temir Katta Qoʻrchiqdagi arava sigʻadigan qiya yoʻl orqali chet mamlakatlariga olib chiqib ketilgan. Urush yillarida ham „Qizil mehnat“ kolxozi ustalari yuqori chorbogʻda yoʻnilgan tegirmon toshlarini ana shu qiya yoʻl orqali olib chiqib bugʻdoyga almashtirishgan. Zarautning Qorabuloq, Koʻkbet, Oynabuloq, Sassiqbuloq, Shakaraklik mavzelari qizil, sariq, koʻk, oq, malla va boshqa rangli toshlarga boy boʻlib, bu zaminda aniqlangan oltin, kobalt, qoʻrgʻoshin, alyumin, uran kabi oʻn ikki xil qimmatbaho tabiiy zahiralari ham uning noyob yodgorliklari qatoridan oʻrin olgan. Koʻksoy toshkoʻmiridan asrlar boʻyi aholi ehtiyojlarida foydalanib kelingan.

Zarautning zari bor,

Qoʻshsha zaranglari bor,

Har zarangning tagida

Qirq yigitning moli bor.

(Zaraut haqida rivoyatlarda aytilgan sheʼr).

Zarautsoy rasmlari kashfiyoti Insoniyat svilizatsiyalarining ilk oʻchoqlaridan boʻlgan Surxondaryo viloyatidagi Zarautsoy suratlari Yer yuzi quruqlik qismini oltidan birini egallagan sobiq Shoʻro ittifoqi huzurida dastlab qadimgi tosh davri rang tasviri topilgan sanʼat va tarix yodgorligi sifatida maʼlum va mashhurdir. Fransiya va Ispaniya singari poleolit davri yodgorligi boʻlgan gʻorlarni uzoq vaqtdan beri izlab yurgan sobiq ittifoq qadimshunoslar bu borada koʻp ishlar amalga oshirgan. 1939-yilgi fan olamiga kirib kelgan Zarautsoydan keyin faqat 1959-yil kelibgina Ural togʻining Kapovaya gʻoridan paleolit suratlari topildi.

Ibtidoiy davrning dastlabki ijodkor insonlari chizgan qadimgi gʻor suratlariga kirish joyini yer bosib qolib, tabiatning oʻzi yigirma ming yil saqlab kelgan. Bebaho topilmalarni bundan 125 ming yil ilgari insoniyatga hadya etgan. Altamira gʻori Madlen davrining sanatidan hikoya qilsa, aksincha tabiat qoʻynida ochiq holda qolib davrlarning shamoli, qori, zilzilasi, yomgʻri, quyosh nuri kabi sinovlarga dosh bergan va bir necha ming yilliklar rassomlari oʻz ijodi naʼmunalarini chizib qoldirgan. Zarautsoy kamarlarining jami gʻaroyib, hech bir joydagiga oʻxshamaydigan qoya suratlarini tadqiq qilib ibtidoiy sanʼatning zaminimizdagi koʻp bosqichlari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.

Oʻzbekiston sanʼat tarixi muzeyi Surxondaryo okrug va Tojikistonning Panjikent tumani oʻlkashunoslik muzeylari hamkorligida 1940-yili Zarautsoy qoyatosh rang-tasvirini dastlabki oʻrganish boʻyicha maxsus ekspeditsiya tashkil qildi. G. V. Parfyonov rahbarligidagi ekspeditsiya ochiq qoyatosh qizil suratlari bilan tanishdi, bir nechta yangi suratli joylar ochdi. Zarautsoyning shimoliy qismini arxeologik tekshiruvdan oʻtkazish paytida pichoq vazifasini oʻtagan yassi chaqmoqtoshni topishga muvaffaq boʻldi. Duldul ota deb nomlanuvchi gʻordagi madaniy qatlamlarni tozalash paytida tosh davri ibtidoiy odamining istiqomat joyi boʻlganligining koʻrsatuvchi ashyoviy belgilar aniqlandi. Bu yerdan topilgan kremniy ohaktoshining arxaik koʻrinishi parchalari paleolitning muste bosqichiga toʻgʻri keladi. Ushbu topilmalar barchasi oʻsha vaqtdayoq Oʻzbekiston sanʼat muzeyiga topshirilgan

1943-yilgi maxsus ekspeditsiyada topilgan rasmlar guruhlari +T/rGuruhlarJoylashuvimaʼlumot1Birinchi guruh rasmlariKamar ichining chap qismidan yuqoriga qarab joylashgan, tahminan 60-80 sm ga toʻgʻri keladigan yuzani egallaydi.Bu yerda yovvoyi hayvonlarning yuqoriga qarab ov qilish sahnasi tasvirlangan. Qoyaning quyi darz ketgan joyi surat kompozitsiyasining bir qismi hisoblanadi. Ibtidoiy rassom uni hoʻkizlardan birini oʻzini qutqarish uchun qochib ketishga urinayotgan togʻ soʻqmogʻi sifatida tasavvur qilgandek tasvirlanadi.2Ikkinchi guruh rasmlari80-120 smga toʻgʻri keladigan maydonni egallaydi.Bir-biriga yaqin joylashgan suratlar ekspeditsiya xulosasiga koʻra, yaratilgan vaqti bilan ham bir-birga bogʻliq emas edi. Yuqori Zarautda eng katta hisoblangan balandligi 20 smdan oshadigan odam tasviri chizilgan boʻlib, undan quyiroqda quyosh belgisi tasvirlangan. Oʻngroqda Biyga oʻxshash hasharot rasmi, va maʼnosi hozirgacha namaʼlum chiziqlar. Chapda kallalarini orqaga burgan ikkita it tasviri, ustidan ohak suyuqligi oqib tushgan juda koʻp tasvirlar bilinadi.3Uchinchi guruh rasmlariKamar shipining yuqorigi egilgan joyda, 60-100 smlik yuzani egallaydi.Hoʻkizni qurshab ovlash sahnasida ovchilar hayvonni koʻzlab turibdi, qolgan odamlarning quyiga tomon kengayib boruvchi plashga oʻxshash teridan yasalgan kiyimlari tasvirlanadi. Oʻrab olingan hoʻkiz goʻyo togʻ terrasi tomon yuqoriga haydalmoqda. Odamlar qoʻlida oʻq-yoy, bolta, bumerang va sopqonga oʻxshash qurollar bilan qurollangan. Hoʻkiz ostida chizilgan kichkina oʻqchi shakli, ekspeditsiya xulosasiga koʻra ustidan chizilgan yirik suratga nisbatan ancha oldin yaratilganligi bilinadi. Pastda suratlar chizilgan maydon tabiiy chuqurlikka ulashadi. Chuqurlik ichida ham hoʻkiz va odam suratlarini anglash mumkin. Suratlar qora rangli boʻyoqda chizilgan va bu Zarautsoydagi yagona qora rangli rasmlardir. Qolgan suratlar esa qizil rangli hisoblanadi.4Toʻrtinchi guruh rasmlariKamar shipi ichkarisining oʻng tomonida joylashgan, 40-40 sm hajmdagi maydonni egallaydi.Bu yerda turli davrda yaratilgan ov sahnalarini uchratish mumkin. Chapda ikki ship yuzasining oldinga egilgan joyida tasvirlangan tuzoq huddi ov yoʻliga qoʻyilganga oʻxshaydi. Odam tasvirida qizildan koʻra qora rangda koʻproq ishlangan. Zarautsoyning eng kichik suratlari shu guruhga mansub. Masalan bu yerda tasvirlangan moʻjazgina odam suratlari 4 sm dan oshmaydi. Kamar shipining quyiroq qismida keyingi davrlarga oid tasvirlar uchraydi. Ular ikkinchi guruhning tasvirlari kabi bronza davriga oid. Markaziy kamar quyirogʻining oʻng tomonida koʻplab kichik kamarchalar bor. U yerda teridan yasalgan kashoshonli plash kiygan yolgʻiz odam va togʻ echkisi, yana kiyikka oʻxshash hayvon va yana hozircha maʼnosi izohlanmagan belgilar mavjud. Bundan tashqari geometrik chiziqlar, oʻyma naqshlar boshqa qoyalarda ham uchraydi.

Zarautsoy ekspeditsiyalari natijalari Zarautsoy ekspeditsiyasi paytida toʻplangan barcha materiallar oʻrganilib, uning natijalari boʻyicha G. V. Parfyonov tomonidan tayyorlangan „Zarautsoyning qadimiy freska rang tasviri“ ilmiy hisoboti 1941-yili 18-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston sanʼat tarixi muzeyining ilmiy kengashida eʼlon qilindi va Zarautsoy tadqiqotlari davom etdi. thumb|Odamlar, turli belgilar. I. F. Lomayev tasvirida. 1939-yil Oʻzbekistonda qadimgi fyeska rang-tasvirini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston sanʼat tarixi muzeyi boshlagan ish kelgusi 1941-yilda muzeyning maxsus ekspeditsiyasini tashkil etish bilan bizning respublikamiz sanʼati tarixida dastlabki sahifalardan birini ochdi. Qadimiy qoyadagi tasvirlarni oʻrganish Zarautsoy rayonidagi ekspeditsiya ishlarini davom ettirishni, yangi joylar ochishni va topilgan yodgorliklarni chuqurroq tadqiq qilishni taqozo etdi.

Zarautsoy yodgorligi sanʼat va tarix obidasi sifatida kashf etilishi bilanoq olimlar eʼtiborini tortgan. Uning dastlabki rang-tasviri namunalari eʼlon qilingach „Jahon hamjamiyatiga molik“ deb eʼtirof etildi.

1942—1943-yillarda Zarautsoy qoya suratlarni oʻrganish davom ettirildi. Maxsus Zarautsoy ekspeditsiyasi tashkil qilindi. Uning tarkibiga muzey direktori, arxeolog G. V. Parfyonov, rassomlar Alla Yulevna, A. S. Kirillov, ovchi oʻlkashunos I. F. Lomayev kabilar faoliyat olib borishdi. thumb|Qushlarga oʻxshash odamlar, itlar, qochayotgan hoʻkizlar I. F. Lomayev tasvirida thumb|Ovchi I. F. Lomayev tasvirida yolgʻiz hoʻkizni quvlayotgan odamlar.1939-yil