thumb Zagorsk tovuq zotlari - goʻsht-tuxum yoʻnalishidagi zotdor tovuqlar guruhi. Sobiq Ittifoq Parrandachilik ilmiy tadqiqot va texnologiya institutida XX asrning 50-yillarida rus oq tovugʻi, yurlov, nyu-gempshir va rod-aylend zotlarini chatishtirib chiqarilgan. Yirik, etdor, toji gulsimon oq tovuq va toji yaproqsimon sargʻish-jigarrang guruhlarga boʻlinadi. Tovugʻining vazni oʻrtacha 3,5–4 kg , xoʻrozi 4,5–5 kg . Tovugʻi yilda 160—180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 58—60 g . Joʻja tovugʻi 180 kunligidan tuxumga kiradi. Bu tovuqning yuragi 4 kamerali , oshqozoni esa 2 bo'lmaga ega. Oʻzbekistonda ham boqiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Zagorsk tovuq zotlari · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.