Toshpoʻlat Doniyorov (1892 — Toshkent — 1953) — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoqbozi, yangi shakldagi davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). "Chodir xayol" qoʻgʻirchoq teatrining mohir ijrochisi boʻlgan. Qadqoʻgʻirchoq oʻyinlari anʼanalaridan mohirona foydalangan va ularni targʻib qilgan. 1928-yil Toshkentda ish boshlagan Rus yo’sh tomoshabinlar teatri qoshida H. Abdullayev, M. Soliyev, A. Halimtoyev va b.dan iborat oʻzbek qoʻgʻirchoqbozlari truppasini tashkil etgan. Sahnalashtirgan "Saltanat" (S. Abdulla) spektakli bilan Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi(1937)da qatnashgan. Qoʻgʻirchoq konsertlarida ishtirok etgan. Doniyorov yogʻochdan, keyinroq latta va qogʻozdan qahramonlar harakteriga mos qoʻgʻirchoqlar yasagan. 3. Ishoqova, A. Saydaliyev, N. Zayniddinov, M. Rahmatullayeva va b. Doniyorovning shogirdlaridirOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Adabiyot Qodirov M., Oʻzbekskiy traditsionniy teatr kukol, T., 1979. Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Teatr Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:1953-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar