Detektiv film ( – „izquvar“; – „ochmoq“, „fosh qilmoq“) – chigal, jinoiy va davlatga qarshi ishlarning fosh etilishi haqida hikoya qiluvchi kino sanʼati asari.
Dastlabki detektiv filmlardan biri „Bir jinoyat tarixi“ (rejissyor Ferdinand Zecca, 1901). Bu janr asoschisi fransuz rejissyori Victorin-Hippolyte Jasset 1908–1909-yillarda izquvar Nick Carter haqida film-serial ishlagan. 1913–1914-yillarda Fransiyada „Fantomas“ (5 seriyalik, rejissyor Louis Feuillade) filmi ekranga chiqdi.
1930-yillar komediya va chuqur psixologik talqinli detektiv filmlar paydo boʻldi. Bu janrning uzluksiz rivoji 1940-yillardan boshlandi: „Malta lochini“ (rejissyor John Huston); „Shanxaylik ledi“ (Orson Welles); „Arqon“ (Alfred Hitchcock).
Detektiv film, shuningdek, „josuslik“ filmlari hamda trillerlarni ham oʻz ichiga oladi.
Mashhur detektiv filmlar: „Soʻnggi patron“ (Ruminiya), „Oltin tish“ (Bolgariya), „Jinoyat joyi – Berlin“ (Germaniya), „Garovga tikilgan hayot“ (Polsha), „Oʻlik mavsum“ (Rossiya)
Oʻzbek detektiv filmlari „Oʻlim qudugʻi“ (1933, ssenariychi va rejissyor N. Klalo) birinchi oʻzbek detektiv filmidir.
Eng yaxshi oʻzbek detektiv filmlari: „Falokat oyoq ostida“, „Ehtiyot boʻling! Ilon!“ (rejissyor Zohid Sobitov), „Oltin teri“ (M. Ogʻamirzayev), „Parol– Regina mehmonxonasi“ (Yoʻldosh Aʼzamov, Z. Royzman), „Haqiqatgoʻylikning achchiq mevasi“ (Z. Royzman), „Karaxtlik“ (E. Eshmuhamedov).
Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Turkum:Kino janrlari