Alexander von Humboldt (; 1769.14.9 - Berlin - 1859-yil, 5-iyun) - nemis tabiatshunosi, sayyoh, geograf.

Berlin Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1800-yildan), Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1818-yildan). Geografiyaning fan sifatida rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan. Iqlimshunoslik, oʻsimliklar va hayvonot geografiyasi, xaritashunoslik, okeanografiya sohalarida tadqiqot ishlari olib borgan. 1799 - 1804 yillarda fransuz botanigi E. Bonplan bilan birga Markaziy va Janubiy Amerikani tadqiq qilib Yevropaga qaytgach, toʻplagan kolleksiyalarini 30 jildli asarida umumlashtirdi (1807—1834). 1829-yil Rossiya va Oʻrta Osiyoga kelgan. Ural va Oltoyga borib, qaytishda Qozogʻistonning Semipalatinsk, Uralsk (Yoyiq) shaharlarida boʻlgan. Kaspiy dengizning shimoliy sohilidan oʻtgan. Tabiatdagi geografik zonallik va togʻlarda balandlik mintaqalarini ilmiy jihatdan umumlashtirishga harakat qilgan. Izotermalar metodini ishlab chiqib, shimoliy yarim shar uchun ularning taqsimlanishini koʻrsatuvchi sxematik xarita tuzgan. Magnit hodisalarining geografik tarqalishi masalalarini ishlab chiqqan va materiklarning oʻrtacha balandliklarini hisoblagan.

Gumboldtning ilmiy qiziqishlari nihoyatda keng boʻlganligidan yevropalik zamondoshlari uni "XIX asrning Aristoteli" deb ataganlar. Gumboldt insonparvarlik va aqlidrok bilan ish koʻrish gʻoyalarini targʻib qilgan, irqlar va xalqlar tengsizligiga qarshi boʻlgan, tajovuzkorlik urushlarini qoralagan. Gumboldt snomiga bir qancha geografik obʼyektlar, jumladan Markaziy Osiyo va Yangi Zelandiyadagi bir necha togʻlar, AQShdagi koʻl va daryo, aholi punktlari, Grenlandiyadagi muzlik, Tinch okeandagi dengiz oqimi, shuningdek, oʻsimliklar, mineral, Oydagi krater va b. qoʻyilgan. Berlin universiteti aka-uka Aleksandr va Vilgelm Gumboldtlar nomi bilan ataladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Sayyohlar Turkum:1769-yilda tugʻilganlar Turkum:14-sentabrda tugʻilganlar Turkum:1859-yilda vafot etganlar Turkum:6-mayda vafot etganlar Turkum:Geograflar Turkum:Nemis geograflari Turkum:XVIII asr geograflari Turkum:Nemis geologlari Turkum:Geologlar Turkum:Geobotaniklar