Gay (Gaius) (?—?)— II asr Sabin maktabiga mansub Rim huquqshunosi. Imperator mutlaq hokimiyati hamda cheklanmagan xususiy mulkchilik tarafdori boʻlgan. Rim xususiy huquqiga oid darslik ("Institutsiya") muallifi. G. darsligidan ayrim garb mamlakatlari qonunchiligida (mas, Fransiya fuqarolik kodeksi, 1804) foydalanilgan (yana qarang Rim huquqi).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Qadimgi Rim huquqshunosi